Orol dengizi havzasida qaytar suvlarning shakllanishi va suv tashlash (o‘rtacha 1990-1999-yillar uchun) yiliga km3 Orol dengizi havzasida qaytar suvlarning shakllanishi va suv tashlash (o‘rtacha 1990-1999-yillar uchun) yiliga km3 Orol dengizi havzasi bo‘yicha jami olinadigan suv hajmi 1960-yilda 60610 mln m3 ni tashkil etgan bo‘lsa, 1990-yilga kelib bu ko‘rsatkich 116271 mln m3 ga teng bo‘ldi, ya’ni 1,8 marta o‘sdi. Ushbu davr ichida hududdagi aholi soni esa 2,7 barobar, sug‘oriladigan maydon 1,7 barobar, qishloq-xo‘jalik mahsulotlari 3 marta, yalpi milliy mahsulot qariyb 6 martaga ko‘paydi.
Orol dengizi havzasi bo‘yicha jami olinadigan suv hajmi 1960-yilda 60610 mln m3 ni tashkil etgan bo‘lsa, 1990-yilga kelib bu ko‘rsatkich 116271 mln m3 ga teng bo‘ldi, ya’ni 1,8 marta o‘sdi. Ushbu davr ichida hududdagi aholi soni esa 2,7 barobar, sug‘oriladigan maydon 1,7 barobar, qishloq-xo‘jalik mahsulotlari 3 marta, yalpi milliy mahsulot qariyb 6 martaga ko‘paydi.
Orol dengizi havzasida yer-suv resurslari rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari 2. Suv xo‘jaligi va uning tarmoqlari
Suv xo‘jaligi – qishloq xo‘jaligi, aholi va sanoatni suv bilan ta’minlash, gidroenergetika, suv transporti, baliqchilik kabi xalq xo‘jaligining barcha sohalari ehtiyojini qondirish maqsadida suv resurslaridan oqilona va kompleks tarzda foydalanishni ta’minlaydi. Suv xo‘jaligini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan bo‘lib, suvni muhofaza qilish chora-tadbirlari, daryo oqimini rostlash va qayta taqsimlash, suvning (salbiy) zararli ta’siri (suv toshqini, sel kelish, tuproq eroziyasi va h.k.) ga qarshi kurash, dam olish zonalarini bunyod etish ham hisoblanadi.
Daryolardagi suv oqimini va oqish vaqtini rostlash, daryoni yuvilib ketishdan saqlash, yer osti suvlarini rostlash va undan foydalanish usullari, gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini nazariy hisoblash, loyihalash, qurish va ishlatish usullarini gidrotexnika fani o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |