Sirdaryo – Markaziy Osiyoda sersuvligi bo‘yicha ikkinchi va uzunligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadigan daryo hisoblanadi. Uning boshlanish qismi (manbayi) Norindan boshlab umumiy uzunligi 3019 km ni, havza maydoni esa 219 ming kv km ni tashkil etadi. Sirdaryoning manbayi Markaziy (ichki) Tyan-shan hisoblanadi, uning ikki irmog‘i Norin va Qoradaryo birlashgandan so‘ng Sirdaryo deb atala boshlaydi. To‘yinishi muz va qor erishi, ko‘proq qor erishi hisobidan bo‘ladi. Suv rejimi uchun yoz bahorgi – yozgi suv ko‘payishi (toshqini) bilan tavsiflanadi va bu holat aprel oyidan boshlanib, iyun oyiga eng ko‘p oqim to‘g‘ri keladi. Sirdaryoning asosiy oqimi Qirg‘iziston hududida shakllanadi, keyin O‘zbekiston va Tojikiston hududlarini kesib o‘tadi hamda Qozog‘iston hududida Orol dengiziga quyiladi.
Yer usti suv resurslari. Gidrologik kuzatuvlar asosida Orol dengizi havzasidagi daryolarning Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzalari bilan birgalikdagi umumiy resurslari baholab chiqilgan. Kuzatuvlarning butun davri (1911/1914–2000-yillar) davomida oqim yig‘indisining o‘rtacha arifimetik qiymati Orol dengizi havzasi bo‘yicha bir yilda 112609 mln m3 ni, shu jumladan bir yilda Amudaryo bo‘yicha 77093 mln m3 ni va Sirdaryo bo‘yicha 34076 mln m3 ni tashkil etar ekan.
Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi daryolar yillik oqimi gidrograflar yig‘indisini tahlili kuzatuvlarning butun davri davomida yillik oqimning vaqt davomida ma’lum bir o‘zgaruvchanlik davriyligiga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Amudaryo daryosining havzasidagi tabiiy daryo oqimi (1934-1992-yillar uchun sersuvlikning uchta davriyligi bo‘yicha o‘rtachayillik oqim, km3/yil) Sirdaryo daryosi havzasidagi tabiiy daryo oqimi (1951-1974-yillar sersuvlikning ikki davriylik davri uchun o‘rtacha ko‘p yillik oqim, km3/yil)
Do'stlaringiz bilan baham: |