Orol dengizi havzasida tabiiy daryo oqimi yig‘indisi (o‘rtacha ko‘p yillik oqim, km3/yil) Yer osti suvlari: Orol dengizi havzasidagi yer osti suvlarining qayta tiklanuvchi resurslari kelib chiqishga ko‘ra ikki qismga va suv yig‘iladigan hududda tog‘larda va tabiiy holda shakllanadigan hamda sug‘oriladigan hududlarda shimilish (filtratsiya) ta’sirida shakllanadigan ko‘rinishlarga bo‘linishi mumkin. Havza hududida jami bo‘lib yer osti suvlarining 339 ta manbasi qidirib topilgan va foydalanish uchun tasdiqlangan, ularning umumiy mintaqaviy zaxirasi 31,17 km3 deb baholanadi va shundan 12,7 km3 Amudaryo havzasiga va 16,4 km3 esa Sirdaryo havzasiga to‘g‘ri keladi. Yer osti suvlari: Orol dengizi havzasidagi yer osti suvlarining qayta tiklanuvchi resurslari kelib chiqishga ko‘ra ikki qismga va suv yig‘iladigan hududda tog‘larda va tabiiy holda shakllanadigan hamda sug‘oriladigan hududlarda shimilish (filtratsiya) ta’sirida shakllanadigan ko‘rinishlarga bo‘linishi mumkin. Havza hududida jami bo‘lib yer osti suvlarining 339 ta manbasi qidirib topilgan va foydalanish uchun tasdiqlangan, ularning umumiy mintaqaviy zaxirasi 31,17 km3 deb baholanadi va shundan 12,7 km3 Amudaryo havzasiga va 16,4 km3 esa Sirdaryo havzasiga to‘g‘ri keladi.
Orol dengizi havzasidagi davlatlarda yer osti suvlari zaxirasi va ulardan foydalanish (yiliga mln m3)
Qaytar suvlar: Bu suvlar Orol dengizi havzasida suvdan foydalanish uchun qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, ularning yuqori darajada minerallashganligini hisobga oladigan bo‘lsak, qaytar suvlar suv obyektlari va qolaversa butun atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manba bo‘lib ham xizmat qilishi mumkin. Qaytar suvlarning umumiy hajmga nisbatan 95% ini sug‘oriladigan dalalardan chiqadigan kollektor-zovur suvlari, qolgan qismini esa sanoat va maishiy korxonalaridan keladigan oqova suvlar tashkil etadi. Qaytar suvlar: Bu suvlar Orol dengizi havzasida suvdan foydalanish uchun qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, ularning yuqori darajada minerallashganligini hisobga oladigan bo‘lsak, qaytar suvlar suv obyektlari va qolaversa butun atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manba bo‘lib ham xizmat qilishi mumkin. Qaytar suvlarning umumiy hajmga nisbatan 95% ini sug‘oriladigan dalalardan chiqadigan kollektor-zovur suvlari, qolgan qismini esa sanoat va maishiy korxonalaridan keladigan oqova suvlar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |