Amudaryo deltasi Vikipediya, ochiq ensiklopediya Amudaryo deltasi
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Amudaryo deltasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu sahifa oxirgi marta 7-Sentabr 2018, 21:24 da tahrir qilingan.
Amudaryo deltasi Vikipediya, ochiq ensiklopediya Amudaryo deltasi (Orol bo‘yi deltasi) – Janubiy Orol bo‘yidagi del-ta. G‘arbda Ustyurt platosining chinki, shimolida Orol dengizining 1961 yil gacha bo‘lgan qirg‘oq chiziqlari, sharqda shimoli-g‘arbiy Qizilqum, Beltov balandligining g‘arbiy va janubi-g‘arbiy etaklari, Oqchadaryo deltasining shimoli-g‘arbiy chek-kalari, janubi-sharqda Qizilqum, janubida Sariqamish bo‘yi deltasiga tutash. Maz-kur chegaradagi Amudaryo deltasi maydoni 19 ming km². Daryoning quyi qismi 2 qadimgi va bir hozirgi deltadan iborat. Daryoning qadimgi deltalarida chap sohilda Xorazm vohasi va o‘ng sohilda Beruniy-To‘rtko‘l vohasi vujudga kelgan. Bu vohalarda O‘zbekistonning Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘iston Re-spublikasining To‘rtko‘l, Ellikqal’a va Beruniy tumanlari, Turkmanistonning Toshhovuz shahri atrofidagi tumanlar joy-lashgan.Amudaryoning hozirgi deltasida Ali-ovul qishlog‘idan shimolida daryo ikki qismga: chap sohilda Qipchokdaryo va o‘ng sohilda Oqlaryo tarmoqlariga bo‘linadi. Oqlaryo asosiy o‘zan hisoblanadi va suvning asosiy qismi ushbu o‘zanda oqadi. Qipchoqlaryo Porlatov qishlog‘i yaqinida yana Oqlaryoga tutashadi.Daryoning hozirgi deltasi esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qumgil oqindilaridan tarkib topgan pasttekislik bo‘lib, daryo bo‘yidagi Ta-xiatosh shahri yonidan boshlanadi. Rele-fi shimoliga qiya. Bosh qismi (Nukus shahri yaqinida, mutlaq balandligi 73 m)dan Orol dengizining eski qirg‘oq chizig‘iga qadar (mutlaq balandligi 53 m) 200 km masofada 20 m ga pasayadi. Amudaryo deltasi sathi qadimda va hozirda mavjud bo‘lgan daryo o‘zanlari va ko‘l botiqlari bilan parchalangan. Deltaning allyuvial yotqiziqlari (qalinligi 142 m gacha) yuqori bo‘r va paleogen-neogenning tub jinslari ustida vujudga kel-gan. Mayda zarrali qumning qumoq hamda qumloq bilan aralashmasi keng tarqalgan (qayir yotqiziqlari), baland qismlarida qum yoki qumloq ko‘proq.Amudaryo deltasida Beltov, Qushxonatov, Ki-ziljar, Muynoqtov, Porlatov, Itkir, Xo‘jayli va boshqa qoldiq tog‘lar mavjud. Amudaryo deltasining iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq va bulutsiz. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi janubida – 6,9° (Nukus)dan shimolida – 7,4° (Mo‘ynoq) gacha pasayadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning o‘rtacha temperaturasi 27,G (Nukus)dan 26,3° (Mo‘ynoq) gacha o‘zgaradi. Yillik yog‘in kam (Taxiatoshda 79 mm, Mo‘ynoqda 105 mm), asosan qish va bahorda yog‘adi. Yil davomida shimoli-sharqiy shamollar esadi. Orol dengizi va deltadagi daryo va ko‘llarning qurib borayotganligi tufayli havo temperaturasi yezda odatdagidan 2 – 3°ga ortgan, qish ham 451sovuqroq, shamol harakati kuchaymoqda, havoning nisbiy namligi kamaymoqda.Orol bo‘yida 1961 yildan boshlangan cho‘llashish jarayoni natijasida Amudaryo deltasida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Orol sathining tezlik bilan pasayishi, daryo suvi sho‘rligining ortishi va unda tur-li kimyoviy moddalar va boshqalarning mavjud-ligi, suv tanqisligi, Orolning qurigan qismi (Orolqum)dan tuzli changlarning havoga ko‘tarilishi cho‘llashishni tezlashtirmoqda. Deltada suv tarti-bining buzilishi oqibatida grunt suvlarining sathi barcha joylarda keskin pasaydi (0 – 0,5 mdan 5 –10 m gacha, pastqamliklarda – 1,3 m, minerallashuv darajasi ayrim joylarda 30 – 50 g/l va undan ko‘p).Amudaryo oqimining deltada tartibga solinishi tufayli ko‘plab o‘zanlar (Katta Jonsiz va Kichik Jonsiz, Er-kindaryo, Ko‘hnadaryo, Madalio‘zak, Priyemo‘zak, Oqboshli, Injenero‘zak va boshqalar) quridi. Suv faqat Oqlaryo orqali dengizga quyilmoqda. Qipchoqlaryoda vaqt-vaqti bilan suv oqmoqda. Ravshanda-ryo va Toldiqlaryo o‘zanlari kanalga ay-lantiriddi. 100 ga yaqin ko‘l quridi, hozirda faqat Sudoche ko‘li, Moshanko‘l, Xo‘jako‘l, Qorateren ko‘li, Keusir ko‘lida suv mavjud, minerallashuv darajasi 3 – 5 g/ldan 30 – 45 g/l gacha (Sudoche ko‘lida).Deltada grunt suvlarining bug‘lanishga sarf bo‘lishi oqibatida tuproqning sho‘rlanishi ortib avval-gi qayirli allyuvial, o‘tloqi, botqoq, botqoq-o‘tloqi tuproqlar o‘rnida o‘tloqi, o‘tloqi-taqir, sho‘rxok (tipik o‘tloqi), taqir cho‘l qum tuproqlari tar-kib topdi. Cho‘llashish jarayonida avval-gi qamishzorlar o‘rnini (760 ming ga) endilikda sho‘razor, yulg‘unzor, turli kserofit (qo‘shbarg, yantoq, oqbosh), ga-lofitlar (qorabaroq, shohilak, kermak va boshqalar) egalladi. Qa-mishli to‘qayzorlar faqat suv bilan muntazam ta’minlana-digan pastqamliklarda oz maydonda saqlanib qolgan (Sudoche ko‘li va uning shim., shimoli-sharqida, Shege, Ko‘kko‘l havzalarida). Daryo o‘zanlari yoqalaridagi 261 ming ga noyob Amudaryo to‘qayzorlari (turang‘il, tol, jiyda) asosan qurimoqda.Suv taqchilligi tufayli baliq ham keskin kamaydi. Faqat ayrim ko‘llardagina oz miqdorda ovlanadi. Ondatrachilik deyarli tutatildi. Su-zuvchi qushlar, to‘qayzorlarda yashovchi parrandalar va boshqa juda kamayib ketdi. Amudaryo deltasi –da vujudga kelgan noqulay eko-logik sharoitni yumshatish chora-tad-birlari ko‘rilmoqda. Shamol eroziya-sining oldini olish uchun ihotazorlar bunyod etilmoqda, har yili imkoni bo-richa pastqamliklarga Amudaryodan suv jamg‘arib olinmoqda. Amudaryo deltasining janubiy qismi sug‘oriladigan dehqonchilikda foydalaniladi. Qariyb 400 ming ga yerda sholi, paxta, don, yem-xashak ekinlari ekiladi. Quvonishjarma, Suenli, Ke-geyli kabi yirik irrigatsiya tizimlari, Bosh chap sohil va boshqa magistral kollektorlar mavjud. Amudaryo suvining sho‘rligi, tuproq sho‘rligini kamaytirish samara-dorligining nihoyatda pastligi, barcha yerlar zovurlar bilan to‘liq ta’minlan-maganligi va boshqa sababli sug‘oriladigan yerlarning meliorativ ahvoli juda og‘ir, tuproqlarning turli darajada sho‘rlanganligi tufayli ekinzorlarning hosildorligi ancha past. O ʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Bu maqolada boshqa til bo ʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qo ʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. Ushbu maqolada O ʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma ʼlumotlaridan foydalanilgan. Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index. php?title=Amudaryo_deltasi&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. "https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Amudaryo_deltasi&oldid=2021391" dan olindi Bu sahifa oxirgi marta 7-Sentabr 2018, 21:24 da tahrir qilingan. Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi bo ʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qoʻshimcha shartlar amal qilishi mumkin (batafsil). Adabiyotlar Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling