1. Omonim so'zlar berilgan qatorni toping


Download 21.97 Kb.
bet1/5
Sana14.05.2023
Hajmi21.97 Kb.
#1462178
  1   2   3   4   5
Bog'liq
LEKSIKOLOGIYA





1. Omonim so'zlar berilgan qatorni toping.
A) do'st, o'rtoq, birodar, og'ayni
B) bosh, katta, kam, sog‘, tez
C) yara, son, kul, soz, shim
D) yig'lamoq, shirin, go'zal, nam
2. Yoz (qalamda yozmoq), yoz (dasturxonda yozmoq), yoz (yoz fasli). Uchala o‘rinda qo`llangan yoz so'zining xususiyati to'g'ri izohlangan qatorni toping.
A)bir xil shaklga ega bolgan yagona so'z
B) bir xil shaklga ega bo'lgan uchta so'z
C)bir xil shaklga ega bo'lgan ko'p ma'noli so'z
D)birgina so'zning uch o'rinda qo'llanilishi
3.Ko'p ma'noli so‘z ma’nolari o'rtasidagi bog'lanish yo'qolishi natijasida omonim so'zlarning hosil bo'lishi qaysi qatordagi javobda berilgan?
A)sir (insonning siri),sir (idishning siri), sir(davlatning siri)
B)ot (hayvon), ot (harakat), ot (so'z turkumi), ot (ism)
C)yoz (fasl), yoz (harakat), yoz (yoymoq ma’nosidagi harakat)
D)dam (nafas), dam (bosqon), dam (hoidlq)
4. o`t (olov), o't (o'simlik), o‘t (harakat) omonim so`zlarga grammatik qo'shimchalar qo`shilganda omonimlik saqlanadimi?
A) saqlanib qoladi
B) saqlanmaydi
C)faqat dastlabki ikki so'z orasida saqlanadi
D)birinchi va uchinchi so'z orasida saqlanadi
5.Qaysi qatorda omonim so'zlar berilgan?
A) asar, bahr, bo'lmoq
B) do'st, dunyo, bo'sag'a
C) ilgari, avval, qadim
D) kafsh, kashf, kavsh
6.Quyidagi omonimlarning qaysi birlari o'zaro barcha grammatik shakllarda qo'shimchalar olganda ham omonimlik xususiyatini saqlaydi?'
1)suzmoq (ovqatni suzmoq), suzmoq (suvda suzmoq), suzmoq (shoxi bitan suzmoq);
2)soch (sochni taramoq), soch (urug‘ sochmoq);
3)qovoq (o'simlik), qovoq (ko'zning qovog'i);
4)tush (tush ko'rmoq), tush (tush payti), tush (pastga tush).
A) 1,2, 3, 4 B) 1,2,3 C)2,3 D)1,3

Download 21.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling