1 ma’ruza mexanika asoslari


Download 1.47 Mb.
bet13/43
Sana30.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1734171
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
Bog'liq
Умумий-физика-даволаш-1

Fizik kattalikni ham miqdor,hxam sifat jihatdan to’la ifodalaydigan kattalikka uning haqiqiy qiymati deyiladi.
Fizik kattaliklarning qiymatlari doimo takomillashtirib boriladigan tajribalar yordamida aniqlanadi va ularni solishtirish kelishilgan birliklarni (birlik sistemasini) kiritilishini taqozo etadi.
Fizik kattaliklar sistemasi asosiy va xosilaviy kattaliklardan iboratdir. Asosiy fizik kattaliklar 7 ta bo’lib, ularning uchtasi moddiy dunyoning asosiy xossalarini ifodalovchi: uzunlik, massa, vaqt kabi birliklardir. Qolgan to’rttasi esa fizikaning biror bo’limidan olingan. Bunday kattaliklar: tok kuchi, termodinamik harorat, modda miqdori va yorug’lik kuchidir.
Fizik kattalikning son qiymati, uning kattaligini kursatuvchi son bo’lib, tanlangan birlikka bog’liqdir. Fizik kattalikning birligi deb, xar bir fizik kattaliklarni miqdoriy ifodalash uchun qo’llaniladigan, shartli ravishda son qiymati birga teng deb belgilangan o’lchamli fizik kattalikka aytiladi. Odatda birlik kattalikning belgisi yordamida quyidagicha ko’rsatiladi: [t]=1s; [m]=1 kg va hokazo. Fizik kattalikning birligi, shu fizik kattalikning o’ziday kattalikdir. Fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy birliklarining to’plami birliklar sistemasini tashkil qiladi.
Fizik kattaliklarning xalqaro birliklar sistemasi (XBS yoki SI- farnsuzcha Système International) 1960 yilda o’lchov va tarozilar bo’yicha XI bosh konferentsiyada qabul qilingan bo’lib, yettita asosiy –metr, kilogramm, sekund, ampir, kelvin, mol, kandela va ikkita qo’shimcha: radian va steradianalardan tuzilgan.
Metr (m) – uzunlik birligi;
Kilogramm (kg)- massa birligi;
Sekund (s) – vaqt birligi.
Kelvin (K)- termodinamik harorat birligi;
Amper (A) –tok kuchining birligi.
Mol (mol) –modda miqdorining birligi;
Kandela (kd) –yoruglik kuchining birligi;
Radian (rad) –qarshisidagi yoyinig uzunligi aylananing radiusiga teng bo’lgan ikkita aylana radiusi orasidagi burchak;
Steradian (sr) –sfera sirtidan, tomoni sfera radiusidek bo’lgan kvadratning yuzasiga teng yuzani ajratuvchi, uchi sfera markazida bo’lgan fazoviy burchak.
Xosilaviy birliklar fizikaviy qonunlardan foydalanib topiladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling