matematika fanidan bir soatlik ochiq dars ishlanmasi
Mavzu: Kilogramm
Mavzu: “Kilogramm” mavzusidagi dars mashg`ulotini o‘tishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish.
Darsning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarga DTS talablari asosida og`irlik o‘lchovlari kilogramm haqida tushuncha berish, tarozi turlari bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Kundalik hayotda tarozidan foydalanishni o‘rgatish, o‘quvchilarni halol,mehr-oqibatli bo‘lishga undash va estetik ruhda tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish orqali barkamol shaxslar bo‘lib yetishishlarida yordam berish,xotira va diqqat faoliyatini o‘stirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: tushuntirish, savol-javob ,ta’limiy o‘yinlar, ertak,
“Sotuvchi va xaridor” o‘yini
Darsning jihozi: Matematika darsligi, kompyuter, tarqatmali savollar, rasmlar, tarozi, tarozi toshlari
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
a)Salomlashish
-Salom aziz bolalar,
Bog’dagi gul lolalar.
Ayting ,sog’ va omonmisiz,
Bugun darsga tayyormisiz?
-Biz tayyormiz darsga soz,
Shiorimiz shu ustoz.
b)Davomatni aniqlash.
-Qani menga aytingchi,
Sinfda kim navbatchi?
-Bugun menman navbatchi
Hammasidan xabarchi.
-Matematika darsida.
Ne qilasiz aslida?
-Bellashamiz,bahslashamiz hisob darsida,
Do'stlaringiz bilan baham: |