1-MA’RUZA. Model va jarayonlarni modellashtirish haqida ayrim sodda tushunchalar.To‘plamlar va ular ustda amallar. Mantiqiy belgilar. Haqiqiy va kompleks sonlar tuplami haqida tushinchalar.
REJA
Model va jarayonlarni modellashtirish haqida ayrim sodda tushunchalar.
Haqiqiy sonlar to’plami
Kompleks sonlar haqida tushuncha
Kompleks sonlar ustida amallar
Kompleks sonlar tekisligi
Kompleks sonlarning algebraik, trigonometrik, ko’rsatkichli shakllari.
Muavr va Eyler formulasi Tayanch ibora va tushunchalar
Haqiqiy son, Kompleks son, kompleks sonning algebraik, trigonometrik, ko’rsatkichli shakllari, kompleks sonlar ustida amallar, Muavr formulasi, Eyler formulasi.
Son tushunchasi matematikaning muhim tushunchalaridan biri. Ular
natural sonlar (1,2,3,...),
2) butun sonlar (..., -2, -1, 0, 1, 2,...),
kasr sonlar (oddiy va o’nli kasrlar),
haqiqiy sonlar
bo’lishi mumkin. Bunday sonlar, ular ustida bajariladigan amallar, amallarning bajarilish qoidalari o’quvchiga maktab, kollej va litseylarda o’qitiladigan matematika fanidan ma’lum.
Oliy matematika kursi davomida ko’p hollarda haqiqiy sonlarga duch kelamiz. Shuning uchun haqiqiy sonlar haqidagi asosiy ma’lumotlarni qisqacha bayon etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |