1-ma’ruza: Nanofizika asoslari Reja: Mikro va nanoelektronika mikrotexnologiya asoslari
Download 412.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Kirish. Nanotexnologiya asoslari
Nanotexnologiya – bu ma’lum atomar tuzilishli mahsulotlarni, ularning atom
va molekulalarini joylashtirish yo‘li bilan ishlab chiqarish usullari yig‘indisidir. Nanotexnologiyaga berilgan bunday ta’rifga ko‘ra tabiiy savol tug‘iladi: materiallarni atom va molekulalar darajasida manipulyatsiya- lashimiz (bu yerda ishlashimiz) mumkinmi? Bizning barmoqlarimiz nanomasshtab uchun juda ham kattalik qiladi-ku. Bu savol zamonaviy nano fanining jumbog‘i bo‘lsa kerak. Bu jumboqni yechishning eng chiroyli yo‘lini Erik Dreksler o‘zining “Yaratish (barpo etish, vujudga keltirish) mashinalari” kitobida taklif qildi. Atomlar bilan ishlash uchun u mahsus nanomashinalarni yoki assemblerlarni yaratdi. Ularni ko‘z oldimizga keltirish uchun avvalo molekulalar qanday tuzilganligini rasm orqali ko‘rishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun biz atomlarni munchoqlar ko‘rinishida chizamiz, molekulalarni esa sim orqali bir-biriga
bog‘langan munchoqlar guruhi deb ko‘rsatamiz. Atomlar yumaloq shaklga ega (sharlarga o‘xshash), molekulyar bog‘lanishlari – sim bo‘laklari bo‘lmasa-da, biz ko‘z oldimizga keltirgan model bizga bu bog‘lanishlar uzilishi va qayta tiklanishi mumkin ekanligini ko‘rsatadi.
1.1-rasm. Metan molekulasi modeli (СН 4 ) Nanomashinalar atom va molekulalarni ushlab olishni bilishi va ularni xoxlagan tartibda bir-biriga bog‘lay olishi lozim. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday mashinalar tabiatda minglab yillardan buyon muvaffaqiyat bilan ishlab kelmoqda. Misol tariqasida ribosomalar tomonidan oqsilni sintez qilish mexanizmini keltirish mumkin. Biologiya kursidan eslarsiz ribosomalar RNK molekulasini “o‘qib” oqsil tuzadi. O‘quvchiga bu jarayonning asosiy paytlarini qisqacha eslatamiz. Oqsillar – barcha hujayralarning hayot faoliyatini ta’minlovchi zaruriy tarkibiy qismidir. Oqsillarning organizmdagi (tanadagi) roli xilma - xildir. Tanamizdagi barcha hayotiy jarayonlarda uning o‘sishi va ko‘payishini boshqarishda ishtirok etadigan oqsillar – gormonlar ajralib turadi. Yorug‘lik sezuvchi maxsus, oqsil – rodopsin hisobiga ko‘zimiz to‘r pardasida tasvir paydo bo‘ladi. Aktin va miozin oqsillari hisobiga mushaklarimiz qisqaradi va bo‘shashadi, buning natijasida biz harakat qila olamiz. Organizmdagi barcha kimyoviy jarayonlar maxsus oqsillar – fermentlar ishtirokida kechadi. Ularsiz ovqat xazm qilish, nafas olish, moddalar almashuvi, qon ivishi va boshqalar sodir bo‘lmaydi. Oqsillar himoya funksiyasini ham bajarishadi, organizmga kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalar yoki zaharlar tushsa, ular immunoglobulin oqsillarini ishlab chiqaradi va zararli ta’sirlarni yo‘q qiladi. Oqsillar va
ular faoliyati funksiyalarining xilma-xilligi bilan tanishganimizda, o‘simlik va hayvonot olamining barcha oqsillari – mutlaq inert oqsillardan to biologik faol bo‘lgan oqsillargacha – peptidli bog‘ deb ataladigan kimyoviy bog‘lardan tuzilgan bo‘lib, ular yagona standart zanjirlar - Download 412.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling