1-ma’ruza: Nanofizika asoslari Reja: Mikro va nanoelektronika mikrotexnologiya asoslari
Download 412.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Kirish. Nanotexnologiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rbi obr neka ibr o‘yq kena
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan
Bu iborada tinish belgilari bo‘lmasa ham uning ma’nosi va mantiqi bizga tushinarli, iboradagi birinchi harfni olib tashlasak va uni yana tripletlar bilan o‘qisak, unda hech qanday ma’nosiz narsa kelib chiqadi: Rbi obr neka ibr o‘yq kena Huddi shunday genetik ma’nosiz narsa gendan bir nukleotid tushib qolganda ham paydo bo‘ladi. Bunday buzilgan gendan o‘tgan oqsil organizmda jiddiy genetik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin (Daun kasalligi, qandli diabet, mushak distrofiyasi va boshqalar). DNK informatsion matritsasidagi bunday xato shu oqsilni sintezlash vaqtida qaytaraliveradi. Huddi kitob yoki gazeta nashr ettirilayotganda, matritsadagi xato qaytarilavergani kabi. Barcha oqsillar sintezi uchun matritsa bo‘lgan DNK molekulasining o‘zi sintezlash jarayonida ishtirok etmaydi. U faqatgina genetik ma’lumotlarni tashuvchidir. Oqsil sintezida uning tuzilishi haqidagi ma’lumot avval DNKdan ribosoma molekulasiga – oqsil ishlab chiqaruvchi o‘ziga xos fabrikaga yetkaziladi. Bunday ma’lumotlarni ko‘chirish tashuvchi informatsion RNK (t- RNK, t- ribonuklein kislotasi) molekulasi yordamida amalga oshiriladi, u DNKning bir qismining aniq nushasi, oynadagi aksidir. I-RNK esa DNK molekulasi bir ipi bilan komplementar bo‘lgan bir zanjirli spiral. DNKdan RNKga genetik ma’lumotlarni nusxalash jarayoni transkripsiya (lotin “transcriptio” – ko‘chirib yozish) deb ataladi. Ko‘chirib yozish jarayonida maxsus ferment – polimeraza DNK bo‘ylab harakatlanib ketma-ket ravishda uning nukleotidlarini o‘qiydi va komplementarlik prinsipi bo‘yicha I-RNK zanjirini hosil qiladi, ya’ni DNK dan u yoki bu gen “chizma”sini oladi. Har bir gendan xoxlagan sondagi RNK nusxalarini olish mumkin. Shunday qilib, oqsil sintezi jarayonida I-RNK perfokarta rolini bajaradi, unga aniq bir oqsil qurilishi “dasturi” yozilgan bo‘ladi.
Download 412.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling