1-ma’ruza. Obrazlarni anglashning bosh masalasi
1-ma’ruza. Obrazlarni anglashning bosh masalasi Obrazni anglash (klassifikatsiya) predmeti Obrazni anglash (klassifikatsiya) predmeti bir qator ilmiy tadqiqot yo’nalishlarni o‘zida mujassam etadi. Ularni umumiy masalalarning yechimini izlash bog’lab turadi – bir necha sinflarga tegishli elementlar to’plamida aniq bir sinfga tegishli elementlarni ajraib olishdir. Obrazlar sinfi deganda barcha elementlar uchun umumiy bo'lgan bir qator xususiyatlarga ega bo'lgan qandaydir kategoriya tushuniladi. Klassifikatsiya masalasi “o’qituvchi bilan o’rgaish” yordamida yechiladi. Obrazlarni anglashning bosh masalasi Obrazlarni anglash asosida obrazlarni sinflashda sonli usullar yotadi. Obrazlar kiruvchi berilganlardan olinadigan xossalar majmuasidir. Obrazlarni anglash tizimlarining amal qilishi ikki bosqichga bo‘linadi:
Kiruvchi (sonli) berilganlardan xossalarni ajratib olish va ular asosida obrazlarni hosil qilish.
Obrazlarni sinflash, ya’ni ularni bir, ikkita yoki undan ortiq sinflarga ajratish.
Har qanday obraz sonlarning tartiblangan to‘plami bilan tavsiflanib, undagi har bir son qandaydir xossaning qiymati bo‘ladi. Bu qiymatlar o‘zlari ifodalaydigan xossaning haqiqiy qiymatlariga mos kelmasligi mumkin, ular masshtablash, normallashtirish yoki boshqa turdagi amallar natijasi bo‘lishi mumkin. Matematika nuqtai-nazaridan obraz vektorga ekvivalent bo‘lib, giperfazodagi nuqtani ifodalaydi. Agar xossalar n ta bo‘lsa, obraz vektorlari n- o‘lchamli hisoblanadi va n-fazoni egallaydi, yoki giperfazoni. Umuman olganda, X obraz quyidagi ko‘rinishda beriladi: Obrazlar sohasi m ta vektorlar vektori – X matritsa orqali tavsiflanishi mumkin. Obrazlar sohasi ichida, obrazlarni akslantiruvchi sochilgan nuqtalar giperfazosi ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |