Koordinatalar sistemasi
Download 75.71 Kb.
|
Koordinatalar sistemasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Geografik koordinatalar.
KOORDINATALAR SISTEMASI. R E J A 1. Geografik koordinata. 2. Gauss-Kryugerning to‘g‘ri burchakli koordinata sistemasi. 3. To‘g‘ri burchakli yassi koordinata sistemasi. 4. Qutbiy va qo‘sh qutbli koordinata sistemalari. 5. To‘g‘ri geodezik masala. 6. Teskari geodezik masala. Biror nuqtani, boshlang‘ich deb qabul qilingan nuqtaga nisbatan joylashgan o‘rnini ifodalovchi miqdorlar shu nuqtani koordinatasi deyiladi. Fan va texnikani turli sohalarida xilma-xil koordinata sistemalaridan foydalaniladi. Geodeziyada asosan geografik koordinata, to‘g‘ri burchakli koordinata, qutbiy koordinata sistemasidan foydalaniladi. 1. Geografik koordinatalar. Geografik koordinata sistemasida er yuzidagi nuqtaning o‘rni uning geografik kengligi va uzoqligi bilan aniqlanadi. Er yuzidagi nuqtaning geografik koordinatalari aniqlash usuliga qarab astronomik va geodezik koordinatalarga bo‘linadi. Geodezik koordinatalar: Geodezik koordinata sistemasida biron nuqtaning o‘rnini aniqlashda asosiy koordinata yuzasi qilib referens-ellipsoid yuzasi, asosiy koordinata chiziqlari sifatida esa geodezik meridian va parallellar qabul qilinadi. Er yuzidagi biron nuqtaning o‘rnini aniqlashda shu nuqtadan o‘tkazilgan meridian va parallelning kesishgan nuqtasidan foydalaniladi. Biron nuqtadan o‘tkazilgan meridian shu nuqtaning geodezik uzunligi, paralllel esa kenglikni bildiradi. Er ellipsoidining kichik o‘qi orqali bo‘ylamasiga o‘tkazilgan kesma - meridian tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq esa geodezik meridian deyiladi. Er ellipsoidining biror nuqtasidan uning o‘qiga ^ o‘tkazilgan kesma parallel tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishdan hosil bo‘lgan chiziq parallel deb ataladi. Er ellipsoidi markazidan o‘tkazilgan parallel kesma ekvator tekisligi. Download 75.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling