Koordinatalar sistemasi
M nuqtaning geodezik kengligi
Download 75.71 Kb.
|
Koordinatalar sistemasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Astronomik koordinatalar
M nuqtaning geodezik kengligiV va ekvatordan qutblari tomon 0° dan 90° gacha hisoblanadi, nuqta ekvatordan shimolda bo‘lsa, uning geodezik kengligi shimoliy kenglik (+) , janubda bo‘lsa janubiy kenglik (-) deb ataladi. Geodezik uzunlik L bilan belgilangan, geodezik meridian bilan bosh meridian orasidagi burchak geodezik uzunlik bosh meridiandan boshlab g‘arbga (+) va sharqqa (-) tomon 0° dan 180° gacha o‘lchanadi.
SHakl 3 Astronomik koordinatalar. Er yuzidagi nuqtalarning astronomik koordinatalarini aniqlashda asosiy yuza qilib geoid, koordinata chiziqlari qilib esa astronomik meridian va parallellar qabul qilinadi. Berilgan nuqtaning astronomik meridiani deganda, erning aylanish o‘qiga parallel qilib o‘tkazilgan tekislikning mazkur nuqtadan tushirilgan shovun chizig‘i yo‘nalishida er yuzasi bilan kesishishdan hosil bo‘lgan chiziq tushuniladi. Er yuzidagi biror nuqtaning astronomik meridiani bilan boshlangich deb qabul qilingan Grinvich meridiani tekisliklari orasida hosil bo‘lgan burchak shu nuqtaning astronomik uzunligi deyilib l bilan belgilanadi. Er yuzidagi biror nuqtadan tushirilgan shovun chizig‘i bilan ekvator tekisligi orasida hosil bo‘lgan burchak shu nuqtaning astronomik kengligi bo‘lib j bilan belgilanadi. Geodezik va astronomik koordinatalar sistemalari bitta umumiy nom bilan geografik koordinata deb yuritiladi. Bunda nuqta koordinatasi astronomik usulda aniqlangan deb faraz qilinadi. Geografik koordinatani afzalligi er yuzidagi barcha nuqtalarning o‘rni yagona sistemada aniqlanishidadir. 2. Gauss-Kryugerning to‘g‘ri burchakli koordinata sistemasi Katta territoriya uchun to‘g‘ri burchakli koordinatalarning zonal sistemasidan foydalaniladi. Bunda er shari Grinvich meridianidan boshlab 6o li 60 meridional zonalarga bo‘linadi. Har bir zona o‘rtasida o‘tgan meridian shu zonaning o‘q meridiani bo‘ladi. SHakl 4 Zonalar nomeri Grinvich meridianidan boshlab g‘arbdan sharqqa tomon hisoblanadi. MDH territoriyasiga bu zonalarning 29 tasi (4 dan 32) to‘g‘ri keladi. Er sharini tekislikda yaxlit tasvirlab bo‘lmaganligidan har bir meridional zona alohida-alohida silindr ichiga joylashtirilib, har zonaning o‘q meridiani silindrning ichki yuzasiga tegib turadi, deb faraz qilamiz. So‘ngra har bir zonadagi meridian va parallellar silindrning ichki yuzasiga proeksiyalanadi, biroq bunda burchaklar o‘zgarmasligi, ya’ni burchaklarning qiymati ularning silindr ichki yuzasiga proeksiyalanish qiymatiga teng bo‘lishi shart. Meridian va parallellar proeksiyalangan silindrni biron yasovchi bo‘yicha qirqib, so‘ngra yoysak, har bir zonaning o‘q meridiani va ekvator bo‘lagi to‘g‘ri chiziq tarzida, boshqa barcha meridian va parallellar esa egri chiziq tarzida tasvirlanadi. SHu hosil bo‘lgan proeksiya Gauss proeksiyasi deb yuritiladi. SHakl 5
Y - ordinata o‘qi A1 - nuqtaning koordinatalari XA va YA Download 75.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling