4-5 -mavzu. Topografiyada qo’llaniladigan koordinatalar va balandliklar sistemalari Reja


Download 0.62 Mb.
bet1/3
Sana22.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1286824
  1   2   3
Bog'liq
4 5 Mavzu Topografiyada qo’llaniladigan koordinatalar va balandliklar


4-5 -Mavzu. Topografiyada qo’llaniladigan koordinatalar va balandliklar sistemalari


Reja:

  1. Geografik koordinatalar sistemasi.

  2. To’g’ri burchakli koordinatalar sistemasi.

  3. Balandlik sistemalari.

  4. Absolyut va nisbiy balandliklar.



Tayanch so’z va iboralar: koordinata, balandlik, koordinata sistemasi, geografik meridian, paralel, geografik uzoqlik, geografik kenglik, qutb.

Geodeziya juda ko’p turdagi koordinatalar sistemalari qo’llanadi. Quyida ulardan ko’proq qo’llanadiganlari – geodezik koordinatalar geografik koordinatalar va to’g’ri burchakli koordinatalar sistemalari ko’rib chiqiladi.


Har qanday geografik va topografik karta va planlarda meridian va paralellardan iborat kartografik to’r bo’ladi. Kartografik to’rlar gradus to’ri, minutli va sekundli to’r bo’ladi. Geografik va topografik kartalarning asosi bo’lib kartalardagi hatoliklarning hususiyatlarini belgilaydi.
Kartografik to’r yordamida kartada orientirlashni bajarish va nuqtalarni geografik koordinatalarini aniqlash mumkin.
Yer yuzasidagi har bir nuqtaning o’rni geografik koordinatalari ( geografik kengligi va geografik uzoqligi) bilan belgilanadi.
G eografik kenglik Yer yuzasidagi berilgan nuqtadan Yer markaziga tushurilgan tik chiziq bilan ekvator tekisligi orasida hosil bo’lgan burchakka aytiladi. Nuqtalarning geografik kengligi F (fi) bilan belgilanadi. Geografik kenglik 00 dan 900 gacha shimoliy yarim sharda o’lchanib + ishorasi bilan belgilanishi mumkin . Janubiy kenglik ham 00-900 gacha janubiy yarim sharda o’lchanadi. u - ishorasi bilan yoki janubiy kenglik deb yoziladi.
Geografik uzoqlik deb bosh meridian tekisligi bilan Yer yuzasining biror nuqtasidan o’tgan meridian tekisligi orasida hosil bo’lgan burchakka aytiladi. Geografik uzoqlik Y (lyambda) bilan belgilanadi. Bosh meridian (Grinvich meridiani) dan sharq tomonda joylashgan nuqtalar sharqiy uzoqlik deb yuritilib 00-1800 gacha o’lchanadi, g’arb tomonda joylashgan nuqtalar g’arbiy uzoqlik deb yuritiladi.
Yer yuzasidagi 2 nuqtaning geografik uzoqliklarini farqi shu nuqtalarning geografik o’rnini ko’rsatish bilan birga ayni vaqtda ularning soat vaqti farqini ham bildiradi. Odatda 150 uzoqlik 1 soatga to’g’ri keladi.
Geodeziyada geografik koordinatalarni geodezik koordinatalar ham deb yuritiladi. Kenglik va uzoqliklarni meridian va paralell chiziqlar orqali aniqlash mumkin.
Meridian chizig’i deb, shimoliy geografik qutb bilan janubiy geografik qutblarini birlashtiruvchi va parallelar bilan kesishib 900 burchak hosil qiluvchi yoy chiziqlarga aytiladi. Ular odatda globuslarda har 150 dan o’tkazilib 24 ta meridiandan tashkil topgan. Kartalarda esa har 50 dan 20 yoki 10 dan ham o’tkazilishi mumkin, ular kartaning masshtabiga bog’liq. Meridianlar bir-biriga teng bo’lmasdan faq qiladilar.
Paralell deb ekvatordan bir hil masofada joylashgant nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlarga aytiladi. Paralellar qutb larga borgan sari kichrayib boroveradi va qutblarda 00 ga teng bo’ladi. 150 yoy 1soatga teng, 10 yoy 4 minut vaqtga teng, 1 yoy 4 sekund vaqtga teng.
Geografik koordinatalardan boshqa astronomik koordinatalar ham bo’lib ularni aniqlashda asosiy yuza qilib geoid shakldan foydalaniladi.
Geografik koordinata bilan astronomik koordinatalar bir-birlaridan juda kam bo’lsa ham farq qiladi.
Geodezik va astronomik koordinatalar sistemasi umumiy nom bilan bitta geografik koordinatalar sistemasi deb yuritiladi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek Yer sharini yuzasini tekis yuzaga to’g’ridan to’g’ri tasvirlab bo’lmaydi. Buning uchun Yer sharining tabiiy yuzasini avvola ellipsoid yuzaga, undan keyin esa tekis yuzaga tasvirlash kerak. Bu ancha qiyin va murakkab matematik masaladir. Yer ellipsoidi yuzasini tekis yuzaga tushurish usuliga kartografik proektsiya deyiladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling