4-5 -mavzu. Topografiyada qo’llaniladigan koordinatalar va balandliklar sistemalari Reja
Kartani maqsadiga ko’ra uning proektsiyalari ham har hil bo’ladi
Download 0.62 Mb.
|
4 5 Mavzu Topografiyada qo’llaniladigan koordinatalar va balandliklar
Kartani maqsadiga ko’ra uning proektsiyalari ham har hil bo’ladi. Hamma yirik masshtabli topografik kartalar tuzishda, nemis olimlari Gauss va Kryugerlar taklif qilishgan teng burchakli ko’ndalang tsilindirik proektsiyadan foydalaniladi. Bu proektsiyaning geometrik hususiyati shundan iboratki, Yer shari bosh meriliandan boshlab sharq tomonga 60 li 60 ta zonaga bo’lingan. Bu 60 li zonalarning har biri alohida -alohida kundalang tsilindr ichiga joylashtirilib so’ng yoyiladi ya’ni proektsiyalanadi. Bunda burchaklar o’zgarmasligi shart qilib olingan. SHunga ko’ra bu proektsiyada tuzilgan topografik kartalarda tasvirlangan burchaklar Yer yuzasidagi shu burchaklarga teng bo’ladi 2 nuqta orasidagi masofalar ham deyarli hatosiz tasvirlanadi.
Binobarin, topografik kartalarda masshtab hamma joyda deyarlik bir hil buladi. Bu esa topografik kartalarda nuqtalarning geografik va to’g’ri burchakli koordinatalarini aniqlashga imkon beradi. Nuqtalarning geografik koordinatalari (kenglik va uzoqliklar) burchaklar birligida gradus, minut, sekundlar bilan o’lchansa, to’g’ri burchakli koordinatalar esa burchak birligida emas uzunlik o’lchov birligida ya’ni km, m hisobida ko’rsatiladi. N uqtalarning to’g’ri burchakli koordinatalirni aniqlash uchun Gauss Kryugerlarni taklif qilgan 60 li zonalardan foydalaniladi. Buning uchun har bir zonaning o’rtasidan o’q meridian o’tkaziladi. Masalan; 1- zona 00-60 bo’lsa o’q meridiani 30 dan, 2-zonada 60-120 bo’lsa 90 dan o’tkaziladi. SHarqiy yarim shardagi har bir zona o’q meridianining geografik uzunligi quyidagi formula bilan topiladi. Lq60 N-30 Bu erda n-zona nomi. Masalan 12-zona o’q meridianning geografik uzog’ligi Lq(60(12)-3)q690 ekan. Er shari (ellipsoidi) ni tekislikda yahlit tasvirlab bo’lmaganligidan, har bir zona alohida-alohida tsilindirning ichki yuzasiga tegib turadi, deb faraz qilamiz. So’ngra har bir zonadagi meridian va parallelar tsilindrning ichki yuzasiga proektsiyalanadi (biroq bunda burchaklar o’zgarmasligi shart). SHundan keyin u yoyiladi. Natijada o’q meridiani bilan ekvotor birbirlariga nisbatan vertikal joylashgan to’g’ri chiziqqa aylanib o’q qoladi o’q meridian H-lar o’qi abtsissa, ekvator esa U-lar o’qi ordinata bo’ladi. Koordinata boshidan shimolga tomon olingan hisoblar + ishorasi bilan janub tomondagisi - ishorasi bilan, koordinata boshidan sharqda bo’lsa - ishorasi, g’arbda bo’lsa + ishorasi bilan belgilanadi. O rdinataning 2 hil ishorada bo’lishi hisoblash ishlarini qiyinlashtiradi. Buni osonlashtirish uchun koordinataning boshlang’ich nuqtasi shartli ravishda 500 km g’arbga suriladi. Binoborin, har bir zonaning eng g’arbiy nuqtasining ordinatasi tahminan 165 km ga teng bo’ladi. Nuqtalarning to’g’ri burchakli koordinatalarini aniqlashni osonlashtirish maqsadida har bir 60 li zonada o’zaro to’g’ri chiziqlar orqali 1 yoki 2 km ga teng bo’lgan km li to’rlar hosil qilinadi. Kichik hududlarning planini olishda va katta aniqlik talab qilinmaydigan hisoblarda to’g’ri burchakli yassi koordinata, hamda qutbiy koordinata sistemalaridan foydalaniladi. To’g’ri burchakli yassi koordinata. To’g’ri burchakli yassi koordinata sistemasida nuqtalarning bir-biriga nisbatan to’tgan o’rni o’zaro perpendikulyar ikki chiziqning kesishgan nuqtasiga nisbatan aniqlanadi. O’zaro ikki chiziqqa koordinata o’qlari. ularning kesishgan nuqtasiga esa koordinata boshi deyiladi. Bu koordinata tizimi Dekart to’g’ri burchakli yassi koordinata sisitemasi deb yuritiladi. Bu sistemada ordinata y obtsissa esa x o’qi deyiladi. Geodeziyada aksincha vertikal chiziq abtsissax, gorizantal chiziq esa ordinata y deb qabulqilingan. chunki geodeziyada asosiy yo’nalish deb qabul qilingan meridian chizig’i to’g’ri burchakli koordinataning vertikal chizig’iga to’g’ri keladi. qutbiy koordinata. Agar to’g’ri burchakli koordinata sisitemasidagi x va y o’qlar o’rniga faqat x o’qi va koordinata boshlanish nuqtasi 0 olinsa qutbiy koordinata sisitemasi hosil bo’ladi. Bu sistemada qutbiy o’q 0x (vertikal chiziq) uni boshlanish nuqtasi 0 qutbiy nuqta deb yuritiladi. To’g’ri va teskari geodezik masalalar. Yer yuzasidagi birorta nuqtaning koordinatalari hamda bu nuqtadan boshqa nuqtagacha bo’lgan masofa yoki chiziqning gorizantal proektsiyasi va orentirlash burchagi ma’lum bo’lsa, ikkinchi nuqtaning koordinatalarini aniqlashga to’g’ri geodezik masala deyiladi. Teskari geodezik masala. Ikki nuqtani tutashtiruvchi chiziqning gorizontal proektsiyasi va orinterlash burchagini aniqlash uchun bu nuqtalarning koordinatalaridan foydalanib aniqlashga teskari geodezik masala deyiladi. Teskari geodezik masala ham Yer yuzasining tekis deb qabul qilingan qismida, sferoid va ellipsoidda echilishi mumkin. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling