4-5 -mavzu. Topografiyada qo’llaniladigan koordinatalar va balandliklar sistemalari Reja
Download 0.62 Mb.
|
4 5 Mavzu Topografiyada qo’llaniladigan koordinatalar va balandliklar
Balandliklar sistemalari
Nuqta balandligi uning fazodagi o’rnini aniqlovchi koordinatalarning uchinchi qiymati hisoblanadi. Geodeziyada yer sirtidagi nuqtalar balandligini aniqlash uchun boshlang’ich sirt sifatida asosiy sathiy yuza –geoid qabul qilingan. Ushbu sathiy yuzaga nisbatan geodezik o’lchashlar orqali yer sirtidagi nuqtalar balandligi aniqlanadi. Geodeziyada nuqtalar balandligini aniqlash uchun quyidagi balandliklar sistemasi qo’llaniladi (1-shakl): Ho ortometrik (mutlaq); HГ geodezik; HН normal; Hsh nisbiy (shartli). 1-shakl. SHuni ta’kidlash lozimki, MDH davlatlarda barcha davlat nivelir tarmoq reperlarining balandligi normal balandliklar sistemasida aniqlangan. Bunga geoid sirtini quruqliklar (materiklar) tagida aniqlash murakkabligi sabab bo’lgan. Ko’pgina MDH davlatlari, jumladan O’zbekistonda nuqtalar mutlaq balandliklari Boltiq balandliklar sistemasida Kronshtadt futshtokining noliga nisbatan 1977 yildan hozirgi kunga qadar hisoblab kelinadi (6-shakl). 6-shakl. Nuqtalar balandligi mutloq, shartli va nisbiy bo’lishi mukin. Mutloq nuqtalar balandligi sosiy sathiy sirt bo’lmish – dengizlar va okeanlarlarning o’rtacha sirtidan hisoblanadi. Nuqtaning mutloq balandligi N deb – yerning fizik sirtidagi nuqtadan boshlang’ich deb qabul qilingan sathiy sirtgacha bo’lgan vertikal oraliqqa aytiladi. Nuqtaning shartli balandligi Nsh deb – yerning fizik sirtidagi nuqtadan shartli ravishda qabul qilingan sathiy sirtgacha bo’lgan vertikal oraliqqa aytiladi. Nisbiy balandlik h deb – oxirgi va boshlang’ich nuqtalar balandligi farqiga aytiladi, yoki bir nuqtaning ikkinchi nuqtaga nisbatan bo’lgan balandligi nisbiy balandlik deyiladi. Nuqtalar balandligini hisoblashda boshlang’ich sathga bog’lanish imkoni bo’lmasa, amaliy ishlarni bajarish uchun joyda biron-bir nuqta balandligi ixtiyoriy olinadi va boshqa nuqtalarning o’ngga nisbatan aniqlangan balandligiga shartli balandlik deyiladi. Bir nuqtaning ikkinchi nuqtaga nisbatan bo’lgan balandligi nisbiy balandlik deyiladi va h bilan belgilanadi. Nazorat savollari Geografik koordinata sistemasi deb nimaga aytiladi? Geografik va to’g’ri burchakli koordinatalarni bir-biridan farqi nima? Referents-ellipsoidi deb nimaga aytiladi? Nuqtaning “ortometrik”, “ellipsoidal” balandlik deb nimaga aytiladi? Nuqtaning mutloq balandligi deb nimaga aytiladi? Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling