1-ma’ruza. Obyektga mo’ljallangan dasturlash asoslari obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tarixi Rivojlanish tarixi


Download 413.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana22.02.2023
Hajmi413.03 Kb.
#1219950
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MA’RUZA. OBYEKTGA MO’LJALLANGAN DASTURLASH ASOSLARI (1)



1-MA’RUZA. OBYEKTGA MO’LJALLANGAN DASTURLASH 
ASOSLARI 
1. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tarixi
 
Rivojlanish tarixi. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OYD) protsedurali 
dasturlash g‘oyasining rivojlanishi natijasida paydo bo‘ldi. Obyektga yo‘naltirilgan 
dasturlashni yanada rivojlantirish uchun ko‘pincha voqea (hodisaga yo‘naltirilgan 
dasturlash, HYD) va komponent (komponentga yo‘naltirilgan dasturlash, KYD) 
tushunchalari katta ahamiyatga ega. 
Dastlabki tushunchalari taklif qilingan, keyinchalik paradigmaga aylangan 
birinchi OYD tili Simula edi, lekin "obyekt yo‘nalishi" atamasi bu tilni qo‘llanilish 
kontekstida ishlatilmadi. Bu til 1967-yilda paydo bo‘lganida, unda inqilobiy 
g‘oyalar taklif qilingan: obyektlar, sinflar, virtual metodlar va boshqalar, lekin 
bularning hammasini o‘sha vaqtdagi dasturchilar muhim tushunchalar deb 
bilishmagan. Ayrim fikrlarga ko‘ra, bu til o‘z vaqtidan ancha oldinda edi va 1960-
yillarning dasturchilari til qadriyatlarini qabul qilishga tayyor emas edilar. Shuning 
uchun u boshqa dasturlash tillari bilan raqobatlasha olmadi. Simuladagi sinf 
tushunchasini Algol konstruksiyalari yordamida to‘liq aniqlash mumkin 
bo‘lgan(ya'ni Simuladagi sinf - bu primitivlar yordamida tasvirlangan murakkab 
tushuncha)
1

Alan Kaye va Den Ingalls Smalltalk orqali dasturlashga yangi nuqtai nazarni 
kiritdilar. Bu yerda sinf konsepsiyasi tilning boshqa barcha konstruksiyalari uchun 
asosiy g‘oyaga aylandi (ya'ni Smalltalkdagi sinf - bu primitiv, u orqali murakkab 
tuzilmalar tasvirlangan). Aynan u birinchi bo‘lib obyektga yo‘naltirilgan dasturlash 
tiliga aylandi. 
Hozirgi vaqtda obyektga yo‘naltirilgan paradigmani amalga oshiradigan 
amaliy dasturlash tillari soni (tillar ro‘yxati) boshqa paradigmalarga nisbatan eng 
ko‘p hisoblanadi. Sanoatdagi eng keng tarqalgan tillar (C++, Delphi, C#, Java va 
boshqalar) Simula obyekt modelini o‘zida mujassam etgan. Smalltalk modeliga 
asoslangan tillarga misol sifatida Objective-C, Python, Ruby kabilarni keltirish 
mumkin. 

Download 413.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling