1-ma’ruza. O’simliklarning fiziologik faol moddalari faniga kirish


Yangi dorivor o’simliklarni ularni o’zaro botanik qardoshligiga asoslangan holda qidirib topish


Download 40.08 Kb.
bet9/13
Sana22.10.2023
Hajmi40.08 Kb.
#1715941
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1.majmua

Yangi dorivor o’simliklarni ularni o’zaro botanik qardoshligiga asoslangan holda qidirib topish. Ma‘lumki botanik jihatdan qardosh o’simliklarni kimyoviy tarkibi bir xil yoki bir-biriga tarkib jihatdan yaqin, demak farmakologik ta‘siri ham o’xshash bo’lishi mumkin. O’simliklardagi biologik qonuniyat bilimini bilish, dorivor o’simliklarni izlab topishda maqsadli va samarali natija beradi. Olimlar dorivor o’simliklarni sistematik o’rni va ularni kimyoviy tarkiblari o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganishga ko’p e‘tibor beradilar. Bu muammoni o’rganishni o’ziga yarasha kamchiliklari ham bor. Dorivor o’simliklarni sistematikadagi o’rni bilan kimyoviy tarkibidagi qonuniyatlarni ochish bilan, xematoksonomik jarayonda shunday tasodiflar ham aniqlanadiki, o’simliklarni biokimyoviy belgilari va ularni filogenetik qardoshligida o’xshashlik yo’qligi. Undan tashqari filogenetik mutlaqo bir-biriga yaqin bo’lmagan turli o’simliklarda bir xil moddalar borligi aniqlangan. Bu va bunga o’xshash anomaliyalar vaqti soati kelib o’zini izohini topar. Ammo dorivor o’simliklarni o’rganishni hozirgi rivojlanish etapida, xemotoksonomiya bo’yicha to’plangan ma‘lumotlar yangi dorivor o’simliklarni maqsadli izlab topish uchun etarli. Dorivor o’simliklarga bo’lgan ehtiyojni to’laligicha qondira olinmayotgan sabablardan biri, tayyorlash u yoki bu dorivor o’simlikni turi bilan belgilanayotganidadir. SHu o’simlikni boshqa turlari esa tayyorlanmaydi. O’simliklarni filogenetik qardoshligini e‘tiborga olib mahsulot bazasini kengaytirish mumkin. SHu ma‘lumotdan kelib chiqqan holda o’z vaqtida bir qancha qardosh (bir turkumning turlari) o’simliklar o’rganildi va natijada ular tibbiyot amaliyotida muvaffaqiyatli ishlatila boshlandi. Misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.
Qizil angishvonagul xalq tabobatida ishlatishga asoslangan holda XI asrda tibbiyotda qo’llashga joriy etildi. O’sha vaqtda uni Angliya na Germaniyada istisqo (suyuqlikning ko’p yig’ilib qolishi sababli organizmning shishishi) kasalligini davolovchi vosita sifatida qo’llaganlar. Angishvonagulni birinchi marta 1543 yilda vrach-botanik Fuks tasvirlab yozgan va unga lotin tilida Digitalis («angishvona» gulini shakli angishvonaga o’xshagani uchun) deb nom bergan. Angishvonagulni bir turi qizil angishvonagul yovvoyi holda g’arbiy Evropada o’sadi. Shuning uchun u Petr 1 ning buyrug’iga asosan 1730 yildan ekila boshlandi va Rossiya davlat farmakoneyasining birinchi nashriga kiritildi. Birinchi jahon urushi davrida Ovrupa davlatlaridan Rossiyaga dori-darmonlarni keltirish to’xtab qolgan bir vaqtda o’simliklarni botanik qardoshligidan kelib chiqqan holda angishvonagul turkumini Rossiyada yovvoyi holda o’sadigan boshqa turlarini - yirikgulli angishvonagul va malla angishvonagullarni o’rganish masalasi ko’tarildi. O’tkazilgan tadqiqot ishlari natijasida yirik gulli angishvonagulni qizil angishvonagul bilan bir qatorda tibbiyotda ishlatishga ruxsat etildi va davlat farmakopeyasining VII nashriga kiritildi. SHundan so’ng tez orada angishvonagulni yovvoyi qolda o’sadigan boshqa turlaridan kiprikli angishvonagul va sertuk angishvonagul o’simliklarining dorivor preparatlari o’rganildi va tibbiyot amaliyotiga joriy etildi. Quyida yovvoyi holda O’zbekistonda o’sadigan o’simliklarni o’rganish va tibbiyotga joriy etilish misollari keltirilgan: Samarqand bo’znochi-tibbiyotda qo’llaniladgan qumloq bo’znochi bilan bir qatorda ishlatishga, Turkiston aroslonquyrug’i besh bo’lakli arslonkuyruq va oddiy arslonquyruq bilan bir qatorda, Regel qo’ziqulog’i, tikonli ko’ziquloq bilan bir qatorda, maydagul tog’rayxon – oddiy tog’ rayhon bilan bir qatorda sariq andiz-qora andiz bilan bir qatorda, dag’al dalachoy teshik (oddiy) dalachoy bilan bir qatorda tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat etilgan va boshqalar. Hozirgi kunda Samarqand bo’znochi guli, Turkiston arslonquyrug’i o’ti (yer ustki qismi), Regel qo’zikuloq o’ti, maydagul tog’rayxon o’ti, dag’al dalachoy o’ti va sariq andiz ildizi O’zbekiston davlat farmakopeyasiga kiritildi.

Download 40.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling