1-ma’ruza. O’simliklarning fiziologik faol moddalari faniga kirish
Download 40.08 Kb.
|
1.majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polisaxaridlar
- Fitonstidlar
Oshlovi moddalar yoki tanidlar - O’simliklar tarkibida oshlovchi moddalar yoki tanninlar deb ataladigan birikmalar ko’p uchraydi. Bular molekulyar massasi 500 dan 3000 gacha bo’lgan polioksifenol birikmalarning geterogen gruppasidan iborat. Xom teri ana shu moddalar bilan oshlansa, suv va bakteriyalarga chidamli bo’lgan pishik va elastik holatga keladi. Shuning uchun ular oshlovchi moddalar deb ham yuritiladi. Oshlovchi moddalar suvda va spirtda yaxshi eriydi. Ular o’simliklarning bargi va tanasidagi g’urra va shishlarda ko’p to’planadi. Oshlovchi moddalar ko’p o’simliklarning, jumladan, eman, akastiya, okkayin, kashtan, tol kabi daraxtlar pustlog’ida, shovul, rovoch va zanjovul kabi o’simliklar ildizida ko’p tuplanadi. Ular tarkibidagi fenol halkalar tipiga va ularning uzaro bog’lanishiga karab ikki guruhga bo’linadi.
Polisaxaridlar – murakkab uglevodlar bo’lib, oksil va yog’lar kabi muhim ahamiyatga ega va keng tarkalgan organik birikmalar.Ular hayvon va o’simlik organizmi uchun zaur birikmalar hisoblanadi. Organik kislotalar.Organik kislotalar o’simliklar tarkibida uchraydigan boshqa muhim birikmalar — uglevodlar va oksillar kabi juda keng takalgan moddalar hisoblanadi. Ular o’simliklarning hamma kismida: urug’i, bargi, ildizlarida, gulida va mevalarida uchraydi. Nordon mevalar tarkibida organik kislotalar erkin holda va kisman nordon tuzlar sifatida uchraydi. Ba’zi o’simliklar bargida, masalan, rovoch, otkulokning barglarida va poyasida erkin organik kislotalar yoki ularning nordon tuzlari ko’p to’planadi. O’simliklarning turli kismlarida uchraydigan organik kislotalar mikdori bir xil emas. Urug’da ular 0,5% ga yakin bulsa, barg va mevalarda 8—12% ni tashkil kiladi. Ular ayniksa loviya doni, tamaki bargi, limon mevasi tarkibida ko’p tuplanadi. Fitonstidlar - Ko’pchilik yuksak o’simliklar tarkibida ba’zi bakteriyalar va boshka mikroorganizmlarning o’sishini, ko’payishini to’xtatuvchi va hatto ularni nobud kiluvchi maxsus antibiotik moddalar buladi. Bu antibiotiklarni birinchi bo’lib sovet olimi B. P. Tokin aniklagan va ularga fitonstid (Phyton-o’simlik coedere-o’ldirish) deb nom bergan. Fitonstidlar o’simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan moddalar hisoblanadi va ulardagi tabiiy immunitet hosil kiluvchi faktor bo’lib xizmat qiladi. Download 40.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling