1-ma’ruza payvandlash usullari tasnifi va mohiyati Payvandlash asosiy usullarining tasnifi. Eritib payvandlash va bosim ostida payvandlashning mohiyati Reja


rasm. Elektrod yordamida payvandlash usullari 1.4 rasm


Download 1.65 Mb.
bet2/14
Sana27.01.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1133339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-ma’ruza payvandlash usullari tasnifi va mohiyati flyus ostida

1.3 rasm. Elektrod yordamida payvandlash usullari


1.4 rasm. Bosim ostida payvandlashning asosiy usullari tasnifining
Bosim ostida payvandlashning asosiy usullari tasnifining chizmasi 1.4-rasmda ko‘rsatilgan


Payvand chokning va termik ta’sir hududining
hosil bo‘lishi hamda tuzilishi

Chok metali qotishi bilan undagi struktura o’zgarishlari tugamaydi. Masalan, po‘latni payvandlashda birlamchi kristal- litlar ular hosil bo‘Igan zahotiyoq yuqori haroratlarda (750 - 1500°C) mavjud bo‘ladigan austenitdan - uglerod bilan legir- lovchi elementlarning у - temirdagi qattiq eritmasidan iborat bo‘ladi.
Sovitish jarayonida austenit parchalanib, po'latning tarkibi va sovitish tezligiga qarab boshqa fazalarga: plastiklik ferritga, ancha mustahkam perlitga mustahkam, biroq, plastikligi karn martensitga aylanadi.
Payvandlash hududini sovitish tezligi, odatda, katta va struktura o'zgarishlari oxirigacha yuz berishga ulgunnaydi. Binobarin, payvand birikmani sovitish tezligini o'zgartirib, uni qizdirib yoki sun'iy sovitib, ba’zi chegaralarda chok metalining ikkilamchi kristallanishini va uning mexanik xossalarini ba’zi chegaralarda boshqarishi rnumkin. Qizdirish manbai ajratib chiqaradigan issiqlik yordamida payvandlashda, issiqlik asosiy metalga tarqaladi. Uning hududlari payvandlash vannasi chegarasida erish haroratigacha qiziydi va vannadan uzoqroq hududda esa atrof-muhit haroratida bo‘ladi. Bu hoi metali tar- kibiga ta’sir etmay qolmaydi. Metalni qizdirish va sovitish natijasida asosiy metali tarkibining va xossalarining o‘zgarishi yuz beradigan hudud termik ta’sir zonasi (TTZ) deb ataladi. Ayni nuqta haroratining vaqt mobaynida o‘zgarishi termik sikl deyiladi. TTZning har qaysi nuqtasi payvandlashda o’zining termik sikliga ega bo‘ladi. Demak, TTZdagi metali payvan­dlash natijasida bir necha tur termik ishlovlarga duch keladi.
Shuning uchun TTZda tarkibi va xossalari turlicha aniq ajralib turadigan hududlar borligi kuzatiladi.
Payvandlanadigan material TTZda o'zining, shu material uchun xos bo'lgan, struktura hududlariga ega bo‘ladi. TTZning bunday tarkibi bit xihnasligi kamuglerodli po'latni eritib payvandlashda yaqqol ko'rinib turadi (1.7-rasm). Chok metaliga bevosita toiiq erimagan hududi tutashib turadi. Bu - chok metalidan bevosita asosiy metalga o'tadigan yupqa (bir necha rnikronga teng) polosa bo‘lib, asosiy metalning qisman erigan dortalaridan iborat bo‘ladi. To'liq erimagan hudud metali kimyoviy jihatdan bir xil emas, unga kuchlanishlar ta’sir qiladi. Undan keyin qizib ketish hududi keladi. Bu hududda metali 1130°Cdan yuqori haroratlargacha qiziydi, donlar kuchli o'sib ulguradi va sovitilganida maydalanmaydi. Bu yerda don- laming chegaralari bo'ylab emas, balki ulaming ichida ignalar yoki plastinkalar ko'rinishdagi plastik faza - ferrit ajralib chiqishi mumkin. Bunday struktura vidmanshted struktura deb ataladi. Uni ng mexanik xossalari yoraon, xususan, zarbiy qovushqoqligi past. To'liq erimagan va qizib ketish hududlari birgalikda chok atrofi zonasi deb ataladi. 900-1100°Cda me'yorlash (to'la qayta kristallanish) hududi hosil bo‘ladi, un­ing tarkibi mayda donli bo'ladi. Bu hududda metalning yuqori haroratda turishi davomiyligi uncha ko‘p emas, don o'sib ulgurmaydi, sovitilganda esa maydalanadi. Shuning uchun metali bu yerda eng yuqori mexanik xossalarga ega bo'ladi. Chala kristallizatsiyalash hududi haroratlar diapazoni 723-900°C bi­lan belgilanadi. Bu hududda oxirgi tarkib qayta kristallanishga ulgutmagan yirik donlardan va ular orasida joylashgan qayta kristallanishda hosil boigan mayda donlardan iborat bo'ladi. Metali bu yerda mexanik xossalari bo'yicha me’yorlash hudu- didagiga nisbatan yomon, biroq qizib ketish hududdagiga nisbatan yaxshiroq. Rekristalizatsiya hududida metal! 500-723°C haroratgacha qiziydi. Metalning tarkibi o‘zgarmaydi, biroq so- vuq holida prokatka qilingan metall yoki termik ishlov beril- gandan keyin (masalan, toblashdan keyin) legirlangan metall payvandlangan bo'lsa, u holda bu hududda metalning bosh- lang‘ich tarkibi tiklanadi. Banda mustahkamlik biroz kamayadi, biroq metalning plastikligi ortadi.






Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling