1.7 -rasm. Kamuglerodli po'latni eritib payvandlashda termik ta'sir zonasining tarkibi:
a - maksimal haroratning taqsimlanishi; b - TTZ nuqtalarining termik sikli; v - TTZning tarkibiy hududlari
500°C haroratdan past haroratgacha hudud (6)da strukturaning o‘zgarishi yuz bermaydi. Biroq metall bu yerda metalni qo‘shni hududlari isitib turgani sababli juda sekin soviydi va shuning uchun 100°C haroratgacha donlaming chegaralari bo‘yicha aralashmalarning mikroskopik zarrachalari ajralishi mumkin. Bu hodisa metalning eskirishi deb ataladi. Eskirish natijasida qovushqoqlik kamayadi, bunga payvandlash vaqtida Metalning issiqlikdan kengayishi oqibatida hosil bo‘ladigan plastik deformatsiyalar ham yordam beradi. Qizitilganda ko‘k tuslar hosil bo‘Iadigan harortgacha (200-400°C) qiziganida metalning mo'rtlashuvi ko'k tusda sinuvchanlik deb, hudud 6 esa mo‘rtlik hududi deb ataladi. Termik ta’sir zonasining eni chok uzunligining birligiga to g ri keladigan issiqlik energiyasining miqdori - pogon energiyasiga bogTiq. Qo‘lda yoy bilan payvandlashda, masalan, po'latni payvandlashda TTZning eni 5-6 mm ni tashkii etadi, gaz alangasida payvandlashda 25 mm gacha yetadi.
Nazorat savollari
XIX asrgacha qanday payvandlash usullari qo‘llanilgan?
Payvandlash jarayoni haqida ma’lumot bering.
Metalni payvandlashga nima to sqinlik qiladi?
Eritib payvandlashning mohiyati nimadan iborat?
Eritib payvandlash usullarini qanday tasniflash mumkin?
Bosim ostida payvandlashning mohiyati nimadan iborat?
Bosim ostida payvandlash usullarini qanday tasniflash mumkin?
Termik ta’sir zonasida qanday jarayon yuz beradi?
6-Mavzu: Metallarni flyus qatlami ostida payvandlash
Rеjа:
Flyus оstidа pаyvаndlаsh mоhiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |