1-Ma`ruza: Psixologik xizmat fanining rivojlanishi Reja: Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi


Download 22.14 Kb.
bet1/4
Sana11.02.2023
Hajmi22.14 Kb.
#1190141
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Ma`ruza


1-Ma`ruza: Psixologik xizmat fanining rivojlanishi
Reja:

  1. Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi

  2. Ta`lim sohasida psixologik xizmatni tashkil etishning tamoyillari va strukturasi.

  3. Psixologik xizmatning predmeti va maqsad, vazifalari

  4. Psixologik xizmat nazariyasi va amaliyotidagi zamonaviy tendensiyalar va muammolar


Tayanch tushunchalar: Psixologik xizmat, psixologik xizmat metodologiyasi, aqliy taraqqiyot koeffitsienti, psixodiagnostika, psixologik maslahat, psixologik korreksiya.
1.Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi .
Psixologik xizmat AQSHda 1800-yillardan boshlab rivojlana boshladi. AQSHning birinchi amaliyotchi psixologlari o‘zo‘zmi tarbiyalash muammosini o‘rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot koeffitsientini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik “Gaydens” xizmatining rivojlanishiga olib keldi. Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bodib, u bu sohada 1894-yildan ish boshlagan. 1905- yikla Fransiya ta’lim vazirligi Binega umumiy dastur bo‘yicha o‘qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi bilan murojaat qiladi va shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testi yaratildi. 1909-yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil etiladi. 1970-yilda Fransiyada psixologikpedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etdi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi bo'yi - cha bir mutaxassis, ta’lim psixologiyasi bo‘yicha bir mutaxassis, psixomotor rivojlanish bo‘yic.ha bir mutaxassisni o‘z ichiga oladi. Bunday brigada 800-1000 o‘quvchiga xizmat qiladi, bir maktabda joylasbib, bir necha maktabga xizmat qilishi mumkin. 1985-yilda Fransiya pedagog-psixologlarining funksiyalari aniqlab berildi. Pedagog-psixolog shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun qodidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarga o'qituvchilarni va ota-onalarni hamjalb etishi mumkin. Pedagogik psixolog o‘z ishida lozim topsa, maktab va oila tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus ta’kidlangan. Ko’pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlarida maktab psixologik xizmati tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan. Masalan, 1980-yilda Chexoslavakiyada tarbiya masalalari bo‘yicha modda maktab to‘g‘risidagi qonunga kiritildi. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni - sog‘lom shaxsning o‘sishini ta’minlash, shaxs rivojianishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish, kasb tanlash muamrnolaridir. Chexoslavakiyadagi psixolog maslahatchining asosiy fnnksiyasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir. Sobiq sovet psixologiyasida boialar tarbiyasi va ta’Iimida psixologiyadan foydalanish borasida urinishlar pedologiya doirasida vujudga keldi. Pedologiya rivojlanayotgan va o‘sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936-yilda pedologik qarashlarni to‘xtatish haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga rus psixologlari amalga osbirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to‘xlab qoldi. luiqat 60-yillarning oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi. Sobiq Novel Ittilbqidabirinchi bodibEstoniyada 1975-yilda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi (rahbari X.I.Liymets, Yu.F.Sienl bodib, tarbiyasi qiyin odsmirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar). Rossiyada 1982-yilda maktablarda psixolog shtati ochildi. Rossiyada l.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojlanishiga ulkan ulush qo‘shgan, u ushbu mavzuda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan va bir qancha asarlar muallifidir. 1984-yilda Moskvada sobiq sovet ittifoqida psixologiya institutida “SSSRda psixologik xizmat muammolari bo‘yicha I-umumittifoq anjumani bodib oddi. Anjumanda maktabda psixologik xizmat seksiyasi ham ish olib bordi.

Download 22.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling