1-Maruza. Qalqonsimon bez va uning oldidagi bezlarning funksiyasi va boshqarilishi reja


Download 68.95 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi68.95 Kb.
#1531292
  1   2   3
Bog'liq
1 mavzu


1-Maruza. Qalqonsimon bez va uning oldidagi bezlarning funksiyasi va boshqarilishi
REJA:
1. Qalqonsimon bez ichki sekretsiyasi
2. Qalqonsimon bez gormonlarining ahamiyati
3.Qalqonsimon bez gormonlarining tashilishi
4. Endemik buqoq. Paratireoid bezi gormonlari
5. Ichki sekresiya bezlarining giper – va gipofunksiyasi natijasida o’zgarishlar
Tayanch tushunchalar: endokrinologiya, garmon, polipeptidlar, steroidlar, langergans, glyukagon, fosforilaza, gumoral, tiroksin, insulin, meteralkortikoidlar, glyukokartikoidlar, paratgormon, kretinizm va bazedov kasalligi, miksedema, adrenalin.
Qalqonsimon bez ichki sekretsiyasi. Qalqonsimon bez yuksak gormonal faollikka ega bo’lgan yarim suyuq kolloid bilan to’la bez follikulalaridan iborat. Bez qon va limfa tomirlariga juda boy. Odamdagi qalqonsimon bez vazni o’rta hisobda 15-30 g yoki tana vaznining 0,05% ni tashkil etadi. SHunga qaramay, bu bezdan soatiga 5-6 1 qon utadi, bu-organizmdagi qonning hammasi demakdir (75-rasm).
Qalqonsimon bezning ikkita gormoni , ma’lum: tiroksin (tetrayodotronin) va triyodotronin. Bu gormonlar (tireoid gormonlar) organizmda yod va tirozin aminokislotasidan sintezlanadi. Qon plazmasidagi yodning 90-95% tiroksin tarkibida bo’ladi.
Tireoid gormonlarning fakat 0,1% plazmada erkin holda bo’lib, qolgan qismi oqsillarga bog’liq. Fakat erkin tiroksin fiziologik faollikka ega, ammo triyodotroninning faolligi tiroksinga nisbatan 4-10 karat yuqori. Qalqonsimon bezni oldi bezlari - ikki juft bezlar kiradi. Ular qalqonsimon bezning yon bo’laklari orqasida ustki va pastki paratireoid bezlaridir. Og’irligi 0,9 g atrofida. Paratireoid bezlari organizmda kal’siy va fosfor miqdorini idora etadi. qonda kal’siyni miqdori 2,25-2,75 mmol’/l (9-11mg%). Bezning gipofunksiyasida odamda titaniya kasalligi odamni talvasaga tushib qolishidir. Bunda qo’zg’aluvchanlik ortib ketadi, qonda kal’siy miqdori kamayib kaliy miqdori ortadi.
Zamonaviy axborotlarga ko’ra odam va hayvonlar organizmida maxsus gormon-tirokalsitonin mavjud, Bu gormon kalsiy almashinuvida ishtirok etadi. Tirokalsitonin qalqonsimon bez follikulalari tashqarisida parafollikullar hujayralarda hosil bo’ladi. Uning ta’siri ostida qqnda kalsiy miqdori kamayadi. Tirokalsitonin ta’sirida suyak to’qimasidan kalsiyning ajralishi to’xtaydi, ammo unda kalsiy zaxira bo’lishi oshadi. Tirokalsitonin suyak to’qimasini buziladigan osteoklastlar funksiyasiga salbiy ta’sir yetkazadi, ammo yangi suyak to’qimasining hosil bo’lishida ishtirok etadigan osteoblastlar funksiyasini kuchaytiradi.
Qalqonsimon bez gormonlarining tashilishi. Qalqonsimon bezning asosiy qonda aylanib yuradigan gormoni tiroksin hisoblanadi. Tirbksindan tashqari qonda oz miqdorda yana bitta gormon-triyodotronin ham bor. Ikki gormon ham qonda erkin holatda bo’lmay, oqsillar bilan biriktirib, globulin fraksiyalar shaklida harakafqiladi. Tiroksin umumiy qon aylanish tizimiga kirib jigar hujayralari tomonidan ushlanib oladi va gormonal faollikka ega bo’lmagan glukuron kislotasi bilan juft birikmalar hosil qiladi, so’ngra o’t bilan me’da-ichak yo’liga chiqariladi. Tiroksin bilan glukuron kislotasining juft birikmalar hosil qilishi natijasida gormon inaktivatsiya (nofaol) bo’ladi. Bu mexanizm orqali tiroksinning qondagi miqdori me’yordan oshmaydi.
Tajribalarda radioaktiv yod ishlatib katta yoshdagi odam organizmida bir kecha-kunduzda 300 mkg tiroksin va triyodotronin parchalanishi aniklangan.
Qalqonsimon bez gormonlarining ahamiyati.Qalqonsimon bez tireoid gormonlari (tetrayodtronin, triyodtronin) markaziy asab tizimi oliy asab faoliyati, organizmning o’sishiga va rivojlanishiga hamda turli moddalar almashinuvi jarayonlarida juda muhim rol o’ynaydi.
Bir kecha-kunduzda 0,3-0,5 tng chamasi tiroksin ajraladi. Tiroksin shu qadar oz chiqishiga qaramay, organizmdagi bir qancha muhim jarayonlarga ta’sir etadi. U moddalar almashinuvini, ayniqsa yog’lar almashinuvini kuchaytiradi. Hayvon organizmiga ozgina tiroksin kiritilsa, qisqa vaqtda 70% gacha yog’ini yo’qotishi mumkin. 1 mg tiroksin kiritilganda odam yana 1000 kkal ni qo’shimcha sarflaydi.
Modomiki shunday ekan, asosiy almashinuv darajasi qalqonsimon bezning qanday ishlayotganini bildiruvchi eng muhim ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Oshgan yoki kamaygan asosiy almashinuv qalqonsimon bez faoliyatidagi patologiyani aniqlash uchun muhim ko’rsatkichdir.
Tireoid gormonlar qonga ko’proq chiksa, moddalar almashinuvi va energiya sarfi kuchayadi, oqsil g’oyatda ko’p parchalanadi, binobarin, buyraklardan azot chiqishi ham kuchayadi: jigardagi glikogen kamayadi, chunki glikogendan zo’r berib glukoza hosil bo’ladi va qonga o’tadi, natijada qondagi qand miqdori (foiz hisobida) oshib ketadi. Tiroksin kam chiqsa, moddalar almashinuvi va energiya sarfi kamayadi, oqsillar kamroq parchalanadi, jigardagi glikogen esa ko’payadi.
Tireoid gormonlar markaziy va vegetativ asab tizimining faoliyatiga ta’sir etadi. Bu gormonlar ortiqcha chiqqanda markaziy asab qo’zg’aluvchanligini oshadi va ruhiy hayajon kuchayadi, yurak urushi tezlashadi, kishi hadeb terlaydi va h6kazo.
Itlarda uzok vaqt davomida tiroksin, triyodotronin gormonlarning kiritilishi oqibatida markaziy asab tizimi qo’zg’aluvchanligi oshadi, pay refiekslari kuchayadi, qo’1-oyoq titrashi (tremori) paydo bo’ladi. Qalqonsimon bezni olib tashlashi natijasida harakat faoliyati pasayadi, muhofaza reaksiyalari susayadi. SHu itlarga tiroksin kiritilishi ularning harakat faoliyatini orttiradi, ilgari bez olib tashlagandan keyin gormonlarni kiritilishi yoki shartsiz reflekslarning tiklanishiga sabab bo’ladi.
Tireoid gormonlar oliy asab faoliyati jarayonlariga ham ta’sir etadi. Masalan, itlarda qalqonsimon bezi olib tashiansa shartii reflektor faoliyati buziladi, yoki boshqavatdan qiyinchilik bilan hosil bo’ladi. Ularda ilgari hosil bo’lgan shartli reflekslar qalqonsimon bez olib tashlagandan keyin umuman bo’ladi yoki tormozlanib qoladi reflekslarni qaytadan hosil qilish zaruriyati tug’iladi. Tireoid gormonlar k&ifilganda bosh miya pustlog’i qo’zg’aluvchanligi oshib, shartli reflektor faoliyati o’z me’yoriga qaytadi.
Bundan tashqari, tireoid gormonlar organizmning o’sishiga va rivojlanishiga ta’sir etadi. Gormonlar etishmaganda organizm umuman sust o’sadi (77-rasm), soch va tirnoqlarning o’sishi buziladi.
Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi ikki xil bo’ladi: giperfunksiya va gipofunksiya.
Qalqonsimon bez giperfunksiyasi. Bez faoliyati kuchayganda Bazedov yoki tireotoksikoz degan kasallik paydo bo’ladi. XX-asrning 60-y»llarida Bazedov va Girevs bu kasallikni tasvir etib, uning asosiy belgilarini ko’rsatib o’tgan: qalqonsimon bez kattalashadi (Bazedov bo’qog’i), ko’z chaqchayadi (76-rasm), yurak tez-tez uradi, asab tizimining qo’zg’aluvchanligi oshadi, bemor tez hayajonlanadigan bo’lib qoladi, asosiy almashinuv va tana harorati ortadi, ovqatni ko’p iste’mol qiladi va shu bilan birga ozib ketadi. Kishi juda serzarda bo’lib, har narsadan cho’chib turadi, doimo besaranjom, sertashvish bo’Iadi va hokazo. Modda almashinuvi kuchayadi va energiya ko’proq sarf bo’ladi, shuning natijasida odam ozib ketadi. Bemor tez charchaydigan bo’lib qoladi va hadeb terlaydi.

1-rasm. Bazedov kasalligi bilan og’rigan bemor. CHapda - operatsiyagacha, o’ngda - operasiyadan keyin tez orada (N.A.SHereshevskiydan)

2-rasm. Bir vaqtda tug’ilgan ikki it. o’ng tomondagisi tug’ilgandan keyin tez orada qalqonsimon bez olib tashlangan. CHap tomondagisi normal it.
Gipertireoz ozgina bo’lsa Bazedov kasalligining xarakterli belgilari bo’lmaydi: ko’z chaqchaymaydi, bemor ozmaydi, asabiy bo’lmaydi, buqog’i ko’rinmaydi va hatto paypaslanganda ham sezilmaydi. Bunday hollarda asosiy almashinuv kuchayadi, organizm ish vaqtida sog’lom odamlarga nisbatan ko’proq energiya sarflaydi, dam olganda moddalar almashinuvi tinchlik holatidagi miqdorga sekin qaytadi, yurak tez uradi va qonda yod ko’payadi. Bemorlarda pay refleksi kuchayadi, ba’zan mushaklar titraydi. Ular kuydi-pishdi, sertashvish bo’lib, ba’zan o’zini tuta olmaydi.
Qalqonsimon bez gipofunksiyasi. Qalqonsimon bez etarli ishlamaganda g’oyat jiddiy kasalliklar yuzaga chiqadi. Miksidema bilan kretinizm shu jumladandir.

Download 68.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling