1-Maruza. Qalqonsimon bez va uning oldidagi bezlarning funksiyasi va boshqarilishi reja


Download 68.95 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi68.95 Kb.
#1531292
1   2   3
Bog'liq
1 mavzu

Miksidema yoki xom semizlikda asosiy almashinuv 30-40% kamayib ketadi. Qisman yog’ to’qimasida yog’ ko’payishi, asosan esa to’qima suyuqligining ortishi natijasida tana vazni oshib ketadi.
Miksidemaning lotincha tarjimasi "shilimshiq shish" demakdir. Oqsillar almashinuvining buzilishi sababli a’zo va to’qimalarning hujayraaro bo’shliqlarida musin va albuminlar ko’payib ketadi. Oqsillar to’qima suyuqligining onkotik bosimini oshiradi. SHu sababli to’qimalarda, ayniqsa teri osti kletchatkasida suv ushlanib qoladi, to’qimalarda shilimshiq shish paydo bo’ladi.
Miksidema bo’lgan bemorlarning terisi quruq, dag’al, tuki to’kilib ketadi, modda almashinuvi deyarli 25% pasayadi. Normal ruhiy faoliyat, jinsiy bezlarning faoliyati buziladi, xotinlar hayz ko’rmaydigan bo’lib qoladi. Davosi - uzoq vaqt tiroksin iste’mol qilishdan iborat, buning natijasida organizmnmg normal funksiyasi anchagina tiklanadi.
Kretinizm. Odamning bolalik davrida qalqonsimon bez yetarli ishlamasa, ya’ni gipofunksiyaga uchrashsa, kretinizm (gipotireoz) degan kasallik ro’y beradi. Bu xastalikning xarakterli belgilari shuki, bola bo’yi o’smay qoladi, ba’zan unda idiotizm (bolalik davrida orttirilgan aql pastligi) kuzatiladi. Bunday bemorlar pak-pakana bo’lib, tanasining tuzilishi juda ham beuxshov bo’ladi; oyoq -qo’llari kalta, boshi katta, ko’zlari kichkina. Kretinizm xastalikka chalingan kishilarning og’zi ochiq va tili doim ogzidan chiqib turadi, shu sababli ular nafas olishga va ovqat yutishga qiynaladi. Buning sababi shuki, til haddan tashqari o’sib ketgani uchun og’izga sig’may qoladi. Kretinlarda balog’atga yetish to’xtaydi, psixika rivojlanmay orqada qoladi. Kretinizmga miksidema belgilari ham qo’shiladi (79-rasm).
Endemik buqoq. Tuprok, suv va o’simlik hayvon ovqatida yod yetishmaydigan joylarda gipertireozning har xil shakllari, ayniqsa, bo’qoq xastaligi tarqalgan. Asosan tog’li tumanlar shunday joylardan hisoblanadi. Bunday joylardan ko’pchiligida bo’qoq endemik kasallik hisoblanadi (ma’lum joylarda doimo ko’p uchraydigan kasallik endemik kasallik deb ataladi). Suv va ovqatda yod yetishmaganda gipotireoz nechog’lik ko’p uchrashini SHveysariya va Norvegiyada o’tkazilgan tekshirishlar yaqqol ko’rsatadi. endemik bo’qoq Karpat, Ural, Kavkaz, Tyan-SHan va Pomirning baland tog’ sharoitlarda uchraydi. Hozir endemik bo’qoq juda kamaygan, chunki bu joylarda ichiladigan suvga va tazga ozgina kaliy yodid qo’shiladi. Ko’rsatilgan tog’li tutnanlarning ahclisi o’rtasida qalqonsimon bezning etarli ishlamasligi (gipofunksiya) natijasida bez to’qimasining o’sib ketishi kuzatiladi. Bo’qoqda qalqonsimon bez gipertrofiyalanadi (bezning bir qismi hajmi kattalashadi), follikulalari ko’payadi, ammo chiqadigan gormon miqdori kamayadi.
Paratireoid bezi gormonlari. Paratireoid bez paratgormon va kalsitonin ishlab chiqadi. Paratgormon ba’zi adabiyotlarda paratirin deb ham ataladi. U bezning asosiy va oksifil hujayralarida sintez bo’ladi. Bezdan paratgormon to’g’ridan to’g’ri qonga o’tadi, organizmda kalsiy almashinuvini boshqaradi va qonda uning doimiyligini ta’minlaydi. Me’yorda odam qonida 2.25-2.75 mmolz1 (9-11 mg%) kalsiy bo’ladi.
Paratireoid bezining gipofiinksiyasi (gipoparatireoz) da qonda kalsiyning miqdon kamayadi, bez faoliyati kuchaygan (giperparatireoz) da esa uning miqdori oshadi .
Ma’lumki, organizmda kalsiy zaxira bo’ladigan a’zo-suyak to’qimasidir. SHuning uchun qonda va suyak to’qimasidagi kalsiy miqdorining orasida katta bog’lanish mavjud. Paratgormon suyaklarning ohaklanishi va dekalsifikasiya (ohakning suyaklarda zaxira bo’lishi va ulardan kalsiyning ajralib chiqishi) jarayonlarini boshqaradi. Kalsiy almashinuviga ta’sir etib, ayni holda paratgormon organizmda fosforning almashinuviga ham ta’sir etkazib oladi. Paratgormon buyraklarda qayta so’rilish jarayonini susaytirib, siydik bilan fosfatlarni chiqarish jarayonini kuchaytiradi, Qalqonoldi bezlarning ishlamay kuyish (gipoparatireoz) oqibatlari itlarning shu bezlarini olib tashlash tajribalarida o’rganilgan. Bezlar olib tashlangandan bir necha kun keyin skeletning barcha mushaklari dapqir-dapqir tirishib qisqaradi, ya’ni titrayadi bu holat asta-sekin kuchayib va tez-tez takrorlanib turadi.
Paratireoid bezlar yo’qligi bora-bora o’limga olib keladi, buning bevosita sababi shuki, nafas mushaklarining tirishishi natijasida nafas buziladi. Paratireoid bezlar olib tashlangach titrashga mushaklarning o’zgarishi emas, balki markaziy asab tizimi holatining o’zgarishi sabab bo’ladi. Harakatlantiruvchi asablari kesilganda titramasligi shundan darak beradi.
Paratireoid tetaniya qonda kalsiyning kamayishi oqibatida yuz beradi. Paratireoid bezlari olib tashlangan hayvonlar organizmiga kalsiy tuzlari yuborilganda tetaniya paydo bo’lmasligi buning dalilidir. Tetaniyada jigarning sintetik funksiyalari ham buziladi: Qonda zaharli moddalardan ammoniy karbaminat paydo bo’ladi. Odamda paratireoid bezlar endokrin funksiyasining susayishi-gipoparatireoz hayot davrida vujudga kelishi yoki tug’ma bo’lishi mumkin. Gipoparatireozda qondagi kalsiy miqdori kamayganidan markaziy asab tizimining qo’zg’aluvchanligi juda oshadi, natijada tetanik tirishishlar paydo bo’ladi.

Kretinizm va miksedema. 12 yashar qiz. o’ng tomondagisi -davolanishdan oldingi holati, chap tomondagisi - qalqonsimon bez preparatlari bilan davolnishdan 6 oy keyingi ahvoli.




Kretinizm kasallikka chalingan 12 yoshar bola (bo’yi 110 sm)
Qalqonoldi yoki paratireoid bezi
Odamda to’rlta qalqonoldi yoki paratireoid bez bor, bulardan ikkitasi qalqonsimon bezning orqasida, qolgan ikkitasi esa qalqonsimon bezning pastki qutbida, ba’zan esa bez to’qimasida bo’ladi. Ular yapaloq oval tuzilmalar bo’lib, bo’yi 6-7 mm, eni 3-4 mm va qalinligi 1,5-2 mm. Bez to’qimasi qon va limfa tomirlariga boy bo’ladi.
Paratireoid bezlar hiqildoqning yuqori asabidan innervasiya oladi. Qon plazmasidagi kalsiy konsentrasiyasi ichki muhitning eng aniq boshqariluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Qonda kalsiy kamayishi tufayli paratireoid bezlarning ichki sekretsiyasi kuchayadi va aksincha, kalsiy konsentratsiyasining ortishi oqibatida paratgormon sekresiyasi susayadi.
Qalqonsimon bez faoliyatini boshqarilishi .Qalqonsimon bezning faoliyatini asab va endokrin tizimlar boshqarib boradi. Simpatik asab tizimining bezga keladigan tolasi qo’zg’atilganda bezning giperfiinksiyasiga xos belgilar kuzatiiadi, chunonchi, Ko’z chopqqayib, qorachigpi kattalashadi, asosiy almashinuv kuchayadi. parasimpatik nerv tolalari esa bez faoliyatini susaytiradi. SHu bilan birga, bosh miyada qo’zg’alish jarayonlari ustun turganda bez faoliyati kuchaysa, tormozlanish jarayonlari boshlanganda bez faoliyati susayadi. Qalqon­simon bez faoliyatining boshqarilishida gipofizning oldingi qismidan ajraladigan tireotrop gormon qalqonsimon bezning faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi, - tireoglobulinning parchalanishini, gormonlarning sintezlanishini. ularning bezdan qonga o’tishini va bezga yod kelishini kuchaytiradi. Gipofiz esa gipotalamus bilan mahkam bog’langan bo’lib, ikkalasi yaxlit tizimni tashkil etadi, deb yuqorida aytilgan edi. Binobarin, qalqonsimon bez faoliyatiga asab tizimi bilan va endokrin tizim chambarchas bog’liq holda, ta’sir ko’rsatadi. Miya popslogpi ham qalqonsimon bezga gipotalamus - gipofiz tizimi orqali ta’sir ko’rsatadi. Buni quyidagi misoldan ko’rishimiz mumkin: qalqonsimon bezning nerv aloqalari uzilsa, bu vaqtda asosiy almashinuvni shartli reflektor yo’l bilan kuchaytirish mumkin. Ayni paytda miya po’stlog’i gipofizdan tireotrop gormon ajralishini kuchaytirish yo’li bilan qalqonsimon bezga ta’sir ko’rsatadi. Ammo bezning reflektor aloqasi uzilganidan keyin gipofizning po’stloq bilan aloqasi ham uzilsa, asosiy almashinuvni shartli reflektor yopI bilan kuchaytirib bo’lmaydi.
Qalqonsimon bezning yonida kichkina epitelial tanachalar, ya’ni paratireoid bezchalar bor. Oval yoki dumaloq shaklda bo’ladigan bu bezchalar ko’pchlik sut emizuvchi hayvonlarda To’rtta bo’ladi. Ular aksar qalqonsimon bez yonidan joy oladi-yu, lekin bapz.i hayvonlarda shu bez to’qimasi bilan bevosita tutashgan holda ham uchraydi. Asosiy paratireoid bezchalardan tashqari, qopshimcha bezchalar ham uchrab turadi. paratireoid bezchalarda ikki xil hujayra bor: bosh hujayralar va alsidofill hujayralar. Bosh hujayralarning sekretor faoliyati isbotlangan. atsitofill hujayralarni funksiyasi esa hali aniqlanmagan. Bu bezchalar simpatik asab tizimi tolalari bilan ta’minlanadi. Ammo, adashgan nervdan parasimpatik tolalar ham oladi.
Qalqonsimon bezning yonida kichkina epitelial tanachalar, ya’ni paratireoid bezchalar bor. Oval yoki dumaloq shaklda bo’ladigan bu bezchalar ko’pchlik sut emizuvchi hayvonlarda To’rtta bo’ladi. Ular aksar qalqonsimon bez yonidan joy oladi-yu, lekin bapz.i hayvonlarda shu bez to’qimasi bilan bevosita tutashgan holda ham uchraydi. Asosiy paratireoid bezchalardan tashqari, qopshimcha bezchalar ham uchrab turadi. paratireoid bezchalarda ikki xil hujayra bor: bosh hujayralar va alsidofill hujayralar. Bosh hujayralarning sekretor faoliyati isbotlangan. atsitofill hujayralarni funksiyasi esa hali aniqlanmagan. Bu bezchalar simpatik asab tizimi tolalari bilan ta’minlanadi. Ammo, adashgan nervdan parasimpatik tolalar ham oladi.

Download 68.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling