1-ma’ruza. Qurilish jarayonlarini texnologik loyihalash Reja
Download 24.8 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Kirish. Qurilish jarayonlarini texnologik loyihalash.
1-ma’ruza. Qurilish jarayonlarini texnologik loyihalash Reja: Kirish.Qurilish jarayonlarini texnologik loyihalash. QTEL va IBL ni ishlab chiqishning o‘ziga xosligi. Alohida bino qurilishida IBL ning tarkibi va binoning yer ustki qismini barpo etish uchun IBLning tarkibi. Alohida ko‘rinishdagi texnik murakkab ishni IBLni tarkibi va mazmuni 1. Kirish. Qurilish jarayonlarini texnologik loyihalash. Texnologik loyihalashning vazifasi, qurilish jarayonlarini, ishlarni, umuman bino va inshootlarni barpo etishda ma’qul texnologik yechimlarini va yetarli tashkiliy sharoitlarini aniqlashga qaratilgandir. Ishlarni loyihalashning maqsadi, qurilayotgan ob’ektning sifatini ta’minlagan holda mo’ljallangan muddatda bajarilishini ta’minlovchi ishlarni bajarish texnologiyasini va tashkil etishini tanlashdir. Bunda namunaviy loyihalar bazasidan foydalanish, bino karkasini barpo etishda va barcha pardoz ishlari siklini bajarganda industrlashtirish usullarini qo‘llash, majmuaviy mexanizatsiyalashtirish va ilg‘or elektr, qo‘l asboblaridan foydalanish hisobiga ma’qul yechimga erishish mumkin. Har bir bino va inshootni barpo etish, amaldagi normativlar asosida oldindan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarish loyihasi asosida bajarilishi kerak. Texnologik loyihalash, ob’ekt qurilishi uchun ishlab chiqiladigan loyiha hujjatlarining bir qismidir. Jarayonlarni texnologik loyihalashni bajarilishi loyiha yaratilishining hamma bosqichlarida nazarga olingan bo‘lishi kerak: texnik–iqtisodiy asoslash (loyiha bosqichida), ishchi hujjatlar va ishlarni bajarish. Qurilishni texnologik loyihalash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL); ishlarni bajarish loyihasi (IBL); murakkab qurilish jarayonlari uchun texnologik xaritalar; mehnat jarayonlarining xaritalari; operatsiyalarni bajarishning texnologik sxemalari. Download 24.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling