1. Ma’ruza. Quymakorlik texnologiyalari faniga kirish
Download 30.68 Kb.
|
1- маруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish
- Kimyoviy tarkibiga ko’ra
- Yumshatilgan x olatdagi strukturasiga
Uglerodli po’latlar
Uglerodli po’latlar spetsifik xossalariga ko’ra mashina va mexanizm detallari uchun asosiy material xisoblanadi. Sanoatda ishlab chiqariladigan po’latlar kimyoviy tarkibi jixatidan birmuncha murakkab qotishma bo’lib, ularda temir bilan ugleroddan tashqari boshqa elementlar ham, jumladan, S, Mn, Su, P va b ba’zida qisman Cr, Ni, Cu va boshqalar bo’ladi. Uglerodli po’latlarda doim mavjud bo’ladigan elementlar miqdori ma’lum foizdan, masalan, Mn 0,7%, Su 0,5%, P 0,05%, S0,05% dan oshmasligi kerak. Po’latlar ishlab chiqarish usuliga, kimyoviy tarkibiga, qo’llanilish soxasiga, qaytarilganlik darajasiga va strukturasiga ko’ra turlanadi. Ishlab chiqarish usullariga ko’ra po’latlar marten, kislorod-konvertor, bessemer, tomas va elektr po’latlariga bo’linadi. Qaytarilganlik darajasiga ko’ra po’latlar turg’un, qaynamaydigan (spokoynie), qaynaydigan (kipyashie) va oraliq (poluspokoynie) po’latlariga bo’linadi. Kimyoviy tarkibiga ko’ra kam uglerodli (0,3 % gacha), o’rtacha uglerodli (0,4...0,6 % S) va ko’p uglerodli (0,6 % dan ko’p S ) turlariga bo’linadi. Ishlatilish soxasiga ko’ra konstruktsion va asbobsozlik po’latlariga bo’linadi. Konstruktsion po’latlar o’z navbatida qurilish (0,3 % gacha S) va mashinasozlik (0,5 % gacha S) po’latlari deb turlanadi. Asbobsozlik po’latlari tarkibida 0,6 % dan ko’proq miqdorda uglerod bo’lib, ular kesish va o’lchov asboblari, hamda shtamplar tayyorlash uchun ishlatiladi. Sifatiga ko’ra uglerodli po’latlar quyidagicha turlanadi: Oddiy sifatli (S ≤ 0,06 % ; R ≤ 0,04 % ) ; Sifatli ( S≤ 0,04 % ; R ≤ 0,04 %) ; Yuqori sifatli (S ≤ 0,03 % ; R ≤ 0,03 %). Yumshatilgan xolatdagi strukturasiga qarab uglerodli po’latlar evtektoidgacha bo’lgan (ferrit + perlit), evtektoid po’lati (perlit) va evtektoiddan keyingi (perlit + tsementit ) po’latlar turlariga bo’linadi. Download 30.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling