1-ma’ruza. Raqamli qurulmalarni loyihalashga kirish. Reja


Download 196.5 Kb.
bet2/2
Sana20.11.2020
Hajmi196.5 Kb.
#148480
1   2
Bog'liq
1-Raqamli qurulmalarni loyihalashga kirish



1.2-rasm. Raqamli axborotni ifodalash usullari. a - potentsial tipdagi signallar; b - impuls tipdagi signallar.


Potentsial signalda front va pasayish tushunchalari mos holda kuchlanishlarning pastki sathdan yuqori sathga va yuqori sathdan pastki sathga o’tish jarayoni bilan doimo bog’liq.

Axborotni ifodalashda ishlatiladigan signallar xiliga bog’liq holda raqamli qurilma sxemalarini impuls, potentsial va impuls-potentsial sxemalarga ajratish qabul qilingan. Impuls sxemalarda faqat impuls signallari ishlatiladi, potentsial sxemalarda faqat potentsial signallar ishlatiladi, impuls-potentsial sxemalarda ham impuls, ham potentsial signallar ishlatiladi.

So’zni ketma-ket yoki parallel usul orqali ifodalash mumkin (ketma-ket yoki parallel kod).

Axborotni ketma-ket usulda ifodalashda har bir vaqt takti so’z kodining bitta xonasini akslantiradi (1.3.-rasm). Bu holda so’zning barcha xonalari navbat bilan bitta element bilan qaydlanadi va axborot uzatishning bitta kanali orqali o’tadi



1.3.-rasm. Ketma-ket impuls kod (a), ketma-ket potentsial kod (b).



Parallel usulda so’z kodining barcha xonalari bitta vaqt taktida ifodalanadi, alohida elementlarda qaydlanadi, har biri so’zning faqat bitta xonasini ifodalash va uzatishga xizmat qiluvchi alohida kanallar orqali o’tadi (1.4.-rasm).

1.4.-rasm. Parellel impuls kod (a), parallel potentsial kod (b).

Qo’llaniladigan kodga bog’liq holda hisoblash texnikasining qurilmalari ketma-ket yoki parallel qurilmalar deb ataladi. Ketma-ket kod ishlatilganida barcha amallar, shu jumladan so’zlarni bir uzeldan ikkinchi uzelga uzatish so’zning har bir xonasi uchun navbat bilan amalga oshiriladi. Shu sababli ketma-ket qurilmalar parallel qurilmalarga qaraganda sekinroq ishlaydi.

Parallel kodda signallarni uzatish zanjirlari soni, xotirlovchi va o’zgartiruvchi elementlar soni qurilma ishlaydigan so’z xonalari soniga teng, ya’ni apparatura hajmi katta bo’ladi. Shunga qaramasdan zamonaviy kompyuterlarda axborotni ishlashda ishtirok etuvchi asosiy qurilmalar yuqori tezkorlikka erishish maqsadida parallel quriladi.



Asbob uskunalarni tejash maqsadida ba’zi qurilmalarda , ketma-ket-parallel koddan foydalaniladi. Bunda so’z qismlarga (bo’g’inlarga) ajratiladi va uzatish, ba’zida esa ishlash ham ketma-ket, bo’g’inma-bo’g’in amalga oshiriladi.

Nazorat savollari:

  1. Kompyuter sxemotexnikasi rivoji bosqichlarini sanab o’ting.

  2. Uchinchi avlod kompyuter sxemotexnikasining ikkinchi avlodidan jiddiy farqi nimada.

  3. Kompyuter elementlarining turkumlanishi.

  4. Analog elementlarning vazifasi.

  5. Diskret elementlarning vazifasi.

  6. Potentsial va impuls signallarga ta’rif bering.

  7. Ketma-ket va parallel qurilmalar.


Adabiyotlar

  1. X.K.Aripov, A.M.Abdullaev, N.B.Alimova, X.X.Bustanov, E.V.Ob’edkov, Sh.T.Toshmatov. Sxemotexnika. T.: TAFAKKUR BO’STONI, 2013 y.

  2. X.K. Aripov, A.M. Abdullayev, N.B. Alimova, X.X. Bustanov, Sh.T. Toshmatov. Raqamli mantiqiy qurilmalami loyihalashtirish. Darslik. -T.: «Aloqachi », 2017, 396 bet.

  3. Х.К.Арипов, А.М.Абдуллаев, Н.Б.Алимова, Х.Х.Бустанов, Е.В.Объедков, Ш.Т.Тошматов. Схемотехника. Т.: ALOQACHI, 2010г.

  4. Digital Logic Design, Jiwang Ware Z Scene. Fourth Edition, 2002y.

  5. Robert L. Boyleastad. Introductory Circuit analysis. 2014-Pearson Education Limited, 1091 p.

  6. Stephon Brown, Zvonko Vranesic. Fundamentals of Digital Logic with Verilog Design. 2014-The Me Grow-Hin Companies. 847p.

  7. Behzad Razavi. Fundamentals of Microelectronics.2nd edition. 2014y. John Wiley&Sons. 932 p.

  8. Амосов B.B. Схемотехника и средства проектирования цифровых устройств. Учебное пособие. БХВ-Петербург. 2016г. 562с.

  9. В.М. Пролейко. Базовые лекции по электронике (в 2-х томах). ТЕХНОСФЕРА. Москва. 2009 г.

  10. С.Н.Лехин. Схемотехника ЭВМ. Санкт-Петербург, 2010г.

Download 196.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling