1-ma’ruza. Sanoat portlovchi moddalarining qisqacha rivojlanish tarixi. Tog’ jinslarining xossalari haqida asosiy ma’lumotlar. Sanoat portlovchi moddalarining qisqacha rivojlanish tarixi
Download 40.95 Kb.
|
1-ma\'ruza (1)
Tog' jinslarining xossalari. Tog’ jinslari o’zining fizik, mexanik va kon texnologik xossalari bilan tavsiflanadi.
Tog' jinslarining fizik hossalariga ularning zichligi, g'ovakligi, namligi va plastikligi kiradi. Tog’ jinslarining zichligi bu tog' jinslarini tashkil qiluvchi mineral zarrachalarning tog’ jinsida o’zaro joylashuvidir. bunda: m tog’ jinsi massasi, gr.; V – tog’ jinsi hajmi, m3. Tog’ jinslarining g'ovakligi bu tog' jinslari tarkibidagi bo'sgliqlar majmuasidir. Tog’ jinsi g’ovakligi g’ovaklik kpeffitsiyenti bilan tavsiflanadi: Quyida ba’zi bir tog’ jinslarining g’ovaklik ko’rsatgichlarini keltirib o’tamiz: Granit, gabbro, kvartsit 0,8-1,2 ohaktosh, marmar, dolomit 0,5-13,4 Qumtosh, tuproqli slanets 4-28,3 Tuproq, guglinkalar 44-65 Tog’ jinslarining namligi deganda tog' jinsning tarkibidagi namlik miqdori tushuniladi. bunda: 1 gr. absolyut quruq tog’ jinsiga to’g’ri keluvchi namlik. Tog’ jinslarining plastikligi deganda tog' jinslariga tashqi yuklama berilganda o'zida qoldiq defarmatsiyani saqlash qobiliyati tushuniladi. Tog' jinslarini mexanik xossalariga ularning bir o'q yo'nalishida siqilishga chidamliligi, bir o'q yo'nalishida cho'zilishga chidamliligi, Yung moduli, siljish moduli va Puasson koeffitsiyenti kiradi. Tog' jinslarining bir o'q yo'nalishida siqilishga chidamliligi deganda tog’ jinsi namunasi yuzasiga normal ta’sir etuvchi maksimal kuchga qarshiligi tushuniladi va quyidagicha aniqlanadi: bunda: Рsiq.max – maksimal siquvchi kuch, kg; F0 - tog’ jinsi namunasining ko’ndalang kesim yuzasi, sm2; Tog' jinslarining bir o'q yo'nalishida cho’zilishga chidamliligi deganda tog’ jinsi namunasini bir o’q boyicha cho’zuvchi maksimal kuchga qarshiligi tushuniladi va quyidagicha aniqlanadi: bunda: Рch.max – maksimal cho’zuvchi kuch, kg; Yung moduli deganda normal kuchlanish va deformatsiya o’rtasidagi proportsionallik koeffitsiyenti tushuniladi: bunda - normal kuchlanish, kg. kuch/sm2; - nisbiy deformatsiya. Siljish moduli deganda bo’ylama kuchlanish va deformatsiya orasidagi proportsionillik tushuniladi: где - bo’ylama kuchlanish, kg. kuch/sm2. Puasson koeffitsiyenti bu – nisbiy bo’ylama va ko’ndalang deformatsiyalar orasidagi proportsionallik koeffitsiyentidir. Download 40.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling