1-ma’ruza. Simsiz aloqa tizimlariga kirish. Reja: Simsiz aloqa tizimlariga kirish
Radioaloqani tashkil etish prinsiplari
Download 287.84 Kb.
|
Radioaloqani tashkil etish prinsiplari. Radioaloqaning eng oddiy sxemasi 1.2-rasmda keltirilgan:
1 – ma’lumotlar (raqamli ma’lumotlar, tasvir, ovoz va h.k.) manbai; 2 – xabarni o‘zgartirigich keladigan ma’lumotlarni elektr signalga o‘zgartirish uchun xizmat qiladi; 3 – uzatkichli modulyator. 1.2-rasm. Radioaloqa sxemasi Signalni modulyatsiyalash zarurati shundan iboratki, elektr signalga o‘zgartirilgan ma’lumotlar nisbatan past chastotaga ega, ma’lumki, yomon nurlanadi. Radiosignal deyiladigan modulyatsiyalangan YuCh tebranishlar uzatuvchi antennaga uzatiladi va atrof-muhitga elektromagnit to‘lqinlarni qo‘zg‘atadi. Uzatkichdan uncha katta bo‘lmagan elektromagnit to‘lqinlar energiyasi qismi qabullash antennasiga yetib boradi va unda kuchsiz modulyatsiyalangan yuqori chastotali tokni hosil qiladi. RQQQda modulyatsiyalangan tebranishlar kuchaytiriladi va keyin o‘zgartirgichdan uzatish punktida olingan o‘sha ko‘rinishdagi signalga detektorda teskari o‘zgartiriladi. Bunday o‘zgartirish detektorlash deyiladi. Keyin signal qayta tiklash qurilmasi – harf teruvchi apparat, telefon, televizion qabullash trubkasi va boshqalarga beriladi, bundan keyin qabul qilingan ma’lumotlar oluvchiga beriladi. Uzatkich, uzatuvchi antenna, to‘lqinlarning tarqalishi muhiti, qabullash antennasi va qabullagichdan iborat kompleks radioliniyani hosil qiladi. 1.2-rasmdan ko‘rinib turibdiki, radioliniyalarda uzatuvchi antenna joylashgan punktdan qabullagich joylashgan punktga ma’lumotlarni bir tomonlama uzatilishi amalga oshiriladi. Teskari uzatish bu holda ko‘zda tutilmaydi. Bir tomonlama uzatish ko‘pincha radioaloqada emas, balki ovoz va TV uzatishda, matbuot agentliklari uchun ma’lumotlarni, metrologik ma’lumotlarni, aniq vaqt, aniq signallarini uzatish xizmatlarida va boshqalarda ishlatiladi. Qurilmalardan foydalanish samaradorligini yaxshilash va radioliniyaning o‘tkazish polosasini oshirish uchun zichlashtirish apparaturasi qo‘llaniladi (1.3-rasm). turli 1a–1n ma’lumotlar manbalari signallaridan 2a–2n o‘zgartirgichlar orqali o‘zgartirilgan yagona guruh signalini hosil qiladi. Bu apparaturaning qabul qiluvchi qismi signallarni ajratadi, ularni o‘zgartirishni amalga oshiradi (5a–5n), bundan keyin ular 6a-6n iste’molchilarga beriladi. Bitta manbadan xabarlarni oluvchiga uzatilishini ta’minlaydigan texnik vositalar majmui radioaloqa kanali deyiladi. Radioliniyalar zichlashtirilgan radioaloqa tizimi ko‘p kanalli radioaloqa deyiladi. 1.3-rasm. Zichlashtirish apparaturasili radioliniya Ikkita punktlar orasida ma’lumotlarni almashlash uchun bir-birlariga qarama-qarshi ishlaydigan ikkita bir tomonlama aloqa qurilmalari jamlanmasi yordamida ta’minlanadigan ikki tomonlama radioaloqa tashkil etiladi. Ikki tomonlama radioaloqaning har bir oxirgi punktida ham uzatish, ham qabullash qurilmalari joylashtiriladi. Manba va oluvchi odatda birlashtiriladi, shuningdek ayrim hollarda uzatkich va qabullagich ham yagona qabullash-uzatish radiostansiyasiga birlashtiriladi. Bunday punktda ikkita antennalar o‘rniga bitta umumiy qabullash-uzatish antennasi ishlatiladi. Download 287.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling