1-ma’ruza. Simsiz aloqa tizimlariga kirish. Reja: Simsiz aloqa tizimlariga kirish


Radioto‘lqinlarning umumiy xossalari


Download 287.84 Kb.
bet4/5
Sana13.02.2023
Hajmi287.84 Kb.
#1195507
1   2   3   4   5
Radioto‘lqinlarning umumiy xossalari.Radioto‘lqinlar tarqalishi jarayonida qator sabablarga bog‘liq bo‘ladigan kuchsizlanishga uchraydi. Uzatkichtan uzoqlashishi bilan energiya yanada katta hajmda tarqaladi, natijada, energiya oqimining zichligi kamayadi. Radioto‘lqinlar tarqaladigan muhit ham ularning kuchsizlanishini keltirib chiqaradi. Bu issiqliq yo‘qotishlari tufayli energiyaning yutilishi va yer sharining qavariqligi yoki do‘ngligi ko‘rinishidagi to‘siqlarda og‘ishida to‘lqin maydoni kuchlanganligining kamayishiga bog‘liq. Elektromagnit to‘lqin elektr va magnit maydonlardan tashkil topgan (2.1-rasm).



2.1-rasm. Elektromagnit to‘lqinning tuzilishi
Fazoning har bir nuqtasida to‘lqining Ye elektr maydon kuchlanganligi vektori N magnit maydon kuchlanganligi vektori perpendikulyar va har ikkala vektorlar to‘lqinning tarqalishi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi. Radioto‘lqinlarni tarqalishi quyidagi ma’lum qonunlarga bo‘ysunadi:
1. Bir jinsli muhitda to‘g‘ri chiziqli tarqalish, ya’ni xossalari barcha nuqtalarida bir xil bo‘lgan muhitda tarqalishi.
2. Bitta muhitdan boshqasiga o‘tishda qaytish va sinish. Tushish burchagi qaytish burchagiga teng.
3. Difraksiya. O‘z yo‘lida tiniqmas jismga dech kelish bilan radioto‘lqinlar undan aylanib o‘tadi. Difraksiya to‘siqning geometrik o‘lchamlari va to‘qin uzunliklari nisbatlariga bog‘liq ravishda turli darajalarda namoyon bo‘ladi.
4. Refraksiya. Xossalari nuqtadan-nuqtaga asta-sekin o‘zgaradigan bir jinsli bo‘lmagan muhitlarda radioto‘lqinlar egri chiziqli traektoriyalar bo‘yicha tarqaladi. Muhitning xossasi qanchalik keskin o‘zgarsa, traektoriyaning egriligi shunchalik katta bo‘ladi.
5. To‘liq ichki qaytish. Agar optik zichroq muhitdan kam zichlikli muhitga o‘tishda tushish burchagi qandaydir chegaraviy qiymatdan oshsa, u holda nur ikkinchi muhitga o‘tmaydi va muhitlarning chegarasidan to‘liq qaytadi. Chegaraviy tushish burchagi to‘liq ichki qaytish burchagi deyiladi.
6. Interferensiya. Bu hodisa fazoda bir qancha to‘lqinlarning qo‘shilishida kuzatiladi. Fazoning turli nuqtalarida qo‘shiladigan to‘lqinlarning fazalari nisbatiga bog‘liq ravishda natijaviy to‘lqin amplitudasining ortishi yoki kamayishi olinadi.
Yer sirtida tarqaladigan va yer sharining qavariqligi qisman og‘diradigan difraksiya tufayli radioto‘lqinlar sirt to‘lqinlari deyiladi. Sirt to‘lqinlarining tarqalishi yer shari sirtining xossalariga kuchli bog‘liq bo‘ladi. Atmosferada yuqori balandliklarda tarqaladigan va atmosferaning bir jinslimasliklari tufayli yerga qaytadigan radioto‘lqinlar fazoviy to‘lqinlar deyiladi.



Download 287.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling