1-maruza: son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik vazifasi. (2 soat)


Download 410.61 Kb.
bet105/219
Sana08.01.2022
Hajmi410.61 Kb.
#245862
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   219
Bog'liq
ON. sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik va-fayllar.org

Ravishlarning yasalishi

Ravish yasovchi qo‘shimchalar bilan: g‘olibona, akalarcha.

Ravishlar quyidagi ravish yasovchi qo‘shimchalar yordamida boshqa so‘z turkumlaridan, shuningdek, ravishlardan ham yasaladi:


  • -cha: qisqacha, o‘zicha, boshqacha, buguncha, istagancha, o‘zbekcha, eskicha.


  • -larcha: qardoshlarcha, o‘rtoqlarcha.


  • -chasiga: yangichasiga, toshkentchasiga, dehqonchasiga.


  • -(s)iga: tikkasiga, yalpisiga, baravariga, birdaniga.


  • -ligicha: xomligicha,tirikligicha, butunligicha, ho‘lligicha.


  • -dek/-day: o‘qdek, qushday.


  • -lab: ertalab, ko‘plab.




So‘zlarni qo‘shib ravish yasash. Bunda qo‘shma, juft va takroriy ravishlar yasaladi. Qo‘shma ravishlar asosan ikki so‘zdan yasaladi va ularning quyidagi turlari ajratib yoziladi:

1) tarkibida u, bu, shu, o‘sha olmoshlari bo‘lgan payt va o‘rin ravishlari: u yoqqa, bu yoqqa, u erga, shu erda, o‘sha erda va b.

2) tarkibida har, hech, hamma, bir so‘zlari bo‘lgan ravishlar: har vaqt, har zamon, har qachon, hech vaqt, hamma vaqt, bir zum, bir necha, hech yoqqa, bir oz...

3) tarkibida alla- elementi bor bo‘lgan ravishlar qo‘shib yoziladi: allaqachon, allavaqt.

Biryo‘la, birmuncha, birvarakayiga, birpas, ozmuncha, birato‘la ravishlari ham qo‘shib yoziladi.

Juft ravishlarning tub ravishlardan hosil bo‘lganlari kam: asta-sekin, bugun-erta va b. O‘rin-payt kelishigidagi bahzi ot va olmoshlar ravishga ko‘chib, juft ravish hosil qilinadi: oyda-yilda, unda-bunda.

Bulardan tashqari, o‘rin-payt va chiqish kelishigidagi so‘zlarning ravishga aylanish holatlari ham uchraydi: yangidan, birdan, birga, boshda, charchamasdan, shoshmasdan, indamasdan kabi.


Download 410.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling