Ko‘makchilarning qo‘llanishi va ma’nolari
bosh kelishikdagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar:
Bilan (qisqa shakllari: -la, ila) ko‘makchisi birgalik (Ukasi bilan keldi.), vosita (Qalam bilan yozdi), tez boshlanish (Eshik ochilishi bilan kirishdi), payt (Tuni bilan uxlamadi), holat (Baxtiyorlik bilan jilmaydi) kabi ma’nolarni bildiradi.
Uchun (qisqa shakli: -chun) ko‘makchisi maqsad, sabab, atash, evaz ma’nolarini ifodaslaydi: Bolalar uchun qurildi. O‘qimagani uchun bilmadi. Sen uchun oldim. Yordamingiz uchun rahmat.
Kabi, singari, yanglig‘ (ba’zan misoli so‘zi ) ko‘makchilari o‘xshatish, qiyoslash ma’nolarini ifodaslaydi: Shamol kabi yeldi. Cho‘l singari bepoyon. Oy yanglig‘ chiroyli.
Sayin ko‘makchisi payt, izchillik, davomiylik ma’nolarini ifodaslaydi: Sovuq kun sayin kuchaydi.
Sari, yoqalab ko‘makchilari yo‘nalish ma’nosini ifodaslaydi: Dala sari ketdi. Daryo yoqalab yurdi.
Sababli, tufayli ko‘makchilari aloqadorlik, sabab ma’nosini ifodaslaydi: Chaqirilmaganligi sababli kelmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |