1-maruza: son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik vazifasi. (2 soat)


Fikrning noaniqligini ifodaslaydigan modal so‘zlar


Download 410.61 Kb.
bet148/219
Sana08.01.2022
Hajmi410.61 Kb.
#245862
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   219
Bog'liq
ON. sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik va-fayllar.org

2. Fikrning noaniqligini ifodaslaydigan modal so‘zlar:

1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, cho­g‘i;

2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;

3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan;

4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.

Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan.

Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan.

Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.

Achinish: afsus, attang, esiz.

Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.

Quvonch: xayriyat.

Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo‘q.


  • Bulardan tashqari: binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so‘zlar ham mavjud.


  • Modal so‘zlarning ko‘pchiligi mustaqil so‘zlardan o‘sib chiqqandir.


1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2) sifatdan: yaxshi(ki), to‘g‘ri, so‘zsiz, shubhasiz, tabiiy; 3) ravishdan: albatta; 4) fe’ldan: xoyna-xoy (tojikcha xohi-naxohi so‘zidan); 4) bog‘lovchidan: balki; 5) so‘z birikmasidan: har qalay, har hol­da; 6) gapning modal so‘zga aylanishi: holbuki (Hol buki); 7) so‘z tushirish natijasida hosil bo‘lgan: o‘z-o‘zidan (aniq so‘zi tushib qoladi).

Modal so‘zlar sof va vazifadosh modal so‘zlarga bo‘linadi. Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan, umuman, taxminan so‘zlari sof modal so‘zlar hisoblansa, modal ma’noda ham qo‘llanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi so‘zlar vazifadosh modal so‘zlar hisoblanadi.

  • Modal so‘zlar gap tarkibidagi so‘zlardan vergul bilan ajratiladi va ko‘pincha kirish so‘z vazifasini bajarib keladi.





Download 410.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling