2-ilova
DASTURLASHTIRILGAN TOPSHIRIQ SAVOLLARI:
1. Modal so‘zlarning ta’rifini ayting.
2. Modal so‘zlarning ma’no jiіatidan turlarini ayting.
3. Ma’lum bir guruhga kirmagan modal so‘zlarni sanab ko‘rsating.
4. MustaQil so‘zlardan o‘sib chiqqan modal so‘zlar haqida gapiring.
5. Modal so‘zlar kelib chiqishiga ko‘ra yana qanday bo‘lishi mumkin?
3-ilova
Modal so‘zlar
So‘zlovchining o‘z fikriga bo‘lgan munosabatini bildiradigan so‘zlar modal so‘zlar deyiladi: Ehtimol, bugun yetib kelar.
Modal so‘zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (arx.);
2) fikrning qat’iyligi ta’kidlanadi: shubhasiz, shaksiz, so‘zsiz
3) ishonch: albatta
4) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o‘z-o‘zidan,
5) fikrning chinligi eslatiladi: to‘g‘ri, xoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan.
Do'stlaringiz bilan baham: |