17. Qaysi qatorda sonlarni yozishda imlo xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A) bitta, ikkita B) uchchala, to‘rttala C) besh-o‘n, ellik-oltmishtacha D) uchdan bir, beshdan uch
18. Sifatlarga qo‘shilib keluvchi -roq, -g‘ish, -imtir, -ish; sonlarga qo‘shilib keluvchi -ta, -tadan, -tacha, -larcha, -ala, -lab kabilar qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra qaysi turiga mansub?
A) -roq, -g‘ish, -imtir, -ish shakl yasovchi; -ta, -tadan, -tacha, -larcha, -ala, -lab so‘z yasovchi B) -roq, -g‘ish, -imtir, -ish so‘z yasovchi; -ta, -tadan, -tacha, -larcha, -ala, -lab shakl yasovchi C) sanab o‘tilgan qo‘shimchalarning barchasi shakl yasovchi D) -roq, -g‘ish, -imtir, -ish so‘z o‘zgartuvchi; -ta, -tadan, -tacha, -larcha, -ala, -lab so‘z yasovchi
19. Hisob (numerativ) so‘zi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Ming marta shukur B) Kissasida bir miri ham yo‘q. C) Bir guruh yoshlar safarga otlandilar. D) A,B,C.
20. Quyida berilgan hisob so‘z qanday ifoda uchun xizmat qilmoqda? Bir qultum suvga zor bo‘lib...
A) butunning bo‘lagi B) og‘irlik o‘lchovi
C) masofa D) predmetni yakkalab hisoblash
21. Butunning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) nafar, bosh, nusxa B) siqim, to‘da, botmon C) chaqmoq, luqma, shingil D) shingil, quloch, kun
Do'stlaringiz bilan baham: |