3.Ko‘rsatish olmoshlari
Ko‘rsatish olmoshlari narsa-buyumni, kimsani ko‘rsatish uchun ishlatiladigan olmoshlar: u, bu, shu, o‘sha, ana, mana, ana u yoki anovi, mana bu yoki manavi, ushbu.
Kishilik olmoshi u bilan ko‘rsatish olmoshi u ni gapdagi ma’nosiga qarab farqlash mumkin. Bunda u kishilik olmoshi kim? so‘rog‘iga (U keldi), ko‘rsatish olmoshi u esa qaysi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi (U kishi keldi). U, bu, shu, o‘sha olmoshlari jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklarida turlanganda yoki ularga -day, -dek, -aqa, -cha qo‘shimchalari qo‘shilganda, qo‘shimcha oldidan bir n tovushi orttiriladi: unga, bunga, shunday, o‘shanday, uncha, shunaqa, o‘shandek.
Ko‘rsatish olmoshlari gapda asosan aniqlovchi (Bu kitob ukamniki) va kesim (Men aytgan odam shu) vazifalarini bajaradi. Otlashsa, ega (SHu mening maqsadimdir), to‘ldiruvchi (Buni tushundim), qaratqich aniqlovchi (SHuning egasi sensan), hol (Bunda bulbul kitob o‘qiydi) bo‘lib ham kela oladi.

Do'stlaringiz bilan baham: |