Sifat so`z turkumi e`zozxon Bozorova. 205-guruh


Download 1.03 Mb.
Sana14.11.2020
Hajmi1.03 Mb.
#145469
Bog'liq
SIFAT SO`Z TURKUMI E`zozxon

SIFAT SO`Z TURKUMI

E`zozxon Bozorova.205-guruh

Reja:

  • 1. Sifat va uning UGMsi.
  • 2. Sifatning lug‘aviy-ma’noviy guruhlari.(LMG)
  • 3. Asliy va nisbiy sifatlar.
  • 4. Sifat derivatsiyasi.
  • 5. Daraja sifatning tasniflovchi kategoriyasi sifatida.
  • Tayanch tushunchalar: asliy va nisbiy sifatlar, shakl, ko`rinish, rang, holat, maza-ta`m, xususiyat, harakter bildiruvchi sifatlar, ozaytirma va kuchaytirma daraja shakllari

Sifat va uning UGMsi. Asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildiruvchi darajalanuvchi so‘z sifat deyiladi: qizil qalam, oq kabutar, yaxshi gapirmoq. Boshqa so‘z turkumi ham belgi ifodalaydi. Ammo sifat barqaror va turg‘un belgi ifodalashi jihatidan ulardan ajralib turadi. Masalan, Gul – qizil deganda turg‘un (statik) belgi, Gul qizardi deganda esa o‘zgaruvchi (dinamik) belgi namoyon bo‘lgan. Sifat anglatadigan belgi boshqa turkum anglatadigan belgidan xususiyati bilan farqlanadi. Masalan, qizg‘ish – qizil – qip-qizil. Boshqa turkum anglatuvchi belgida esa bunday xususiyat yo‘q. Sifat gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, qisman kesim, hol vazifasida keladi. Shu asosda sifatning UGMsini «asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildirib, gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, ba’zan kesim, ayrim hollarda hol vazifasida kelish» ko‘rinishida tiklash mumkin

  • Sifat va uning UGMsi. Asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildiruvchi darajalanuvchi so‘z sifat deyiladi: qizil qalam, oq kabutar, yaxshi gapirmoq. Boshqa so‘z turkumi ham belgi ifodalaydi. Ammo sifat barqaror va turg‘un belgi ifodalashi jihatidan ulardan ajralib turadi. Masalan, Gul – qizil deganda turg‘un (statik) belgi, Gul qizardi deganda esa o‘zgaruvchi (dinamik) belgi namoyon bo‘lgan. Sifat anglatadigan belgi boshqa turkum anglatadigan belgidan xususiyati bilan farqlanadi. Masalan, qizg‘ish – qizil – qip-qizil. Boshqa turkum anglatuvchi belgida esa bunday xususiyat yo‘q. Sifat gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, qisman kesim, hol vazifasida keladi. Shu asosda sifatning UGMsini «asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildirib, gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, ba’zan kesim, ayrim hollarda hol vazifasida kelish» ko‘rinishida tiklash mumkin

Belgi tushunchasi o‘z ichiga rang-tus, hajm-shakl, xarakter, vazn, maza kabini qamrab oladi. Belgining xususiyatiga ko‘ra sifat ikkiga bo‘linadi: asliy sifatlar va nisbiy sifat. Asliy sifat predmetning turg‘un, nisbatlanmaydigan va darajalanadigan belgisini ifodalaydi: [qizil], [sariq], [katta], [ko‘p], [oz]. Nisbiy sifatlar belgini qandaydir bir predmet, belgi, miqdor, o‘rin va harakatga nisbatan ifodalaydi: moddiy yordam, siniq piyola, burchakdagi o‘tirgich. Nisbiy sifatda darajalanish, qiyoslanish bo‘lmaydi. Lekin u daraja belgisiga ega bo‘lgan ravishdan asosan predmet belgisini bildirishi bilan farqlanadi. Asliy sifatning barchasida daraja shakllari, ayrimida ozaytirma va kuchaytirma shakl bor. Asliy sifat bildirgan belgining darajasi har xil bo‘lishi mumkin. Daraja kategoriyasi (DK) sifat ifodalagan belgining shu nuqtayi nazaridan tavsifini beradi.

  • Belgi tushunchasi o‘z ichiga rang-tus, hajm-shakl, xarakter, vazn, maza kabini qamrab oladi. Belgining xususiyatiga ko‘ra sifat ikkiga bo‘linadi: asliy sifatlar va nisbiy sifat. Asliy sifat predmetning turg‘un, nisbatlanmaydigan va darajalanadigan belgisini ifodalaydi: [qizil], [sariq], [katta], [ko‘p], [oz]. Nisbiy sifatlar belgini qandaydir bir predmet, belgi, miqdor, o‘rin va harakatga nisbatan ifodalaydi: moddiy yordam, siniq piyola, burchakdagi o‘tirgich. Nisbiy sifatda darajalanish, qiyoslanish bo‘lmaydi. Lekin u daraja belgisiga ega bo‘lgan ravishdan asosan predmet belgisini bildirishi bilan farqlanadi. Asliy sifatning barchasida daraja shakllari, ayrimida ozaytirma va kuchaytirma shakl bor. Asliy sifat bildirgan belgining darajasi har xil bo‘lishi mumkin. Daraja kategoriyasi (DK) sifat ifodalagan belgining shu nuqtayi nazaridan tavsifini beradi.

Sifat LMGlari. Darslik va qo‘llanmalarda sifatning 9 ta LMG ajratiladi: 1.Xususiyat bildiruvchi sifat. 2.Holat bildiruvchi sifat. 3.SHakl bildiruvchi sifat. 4.Rang-tus bildiruvchi sifat. 5.Maza-ta’m bildiruvchi sifat. 6.Hid bildiruvchi sifat. 7.O‘lchov bildiruvchi sifat. 8.O‘rin bildiruvchi sifat. 9.Payt bildiruvchi sifat. Quyida ularning har birini alohida-alohida ko‘rib o‘tamiz.

  • Sifat LMGlari. Darslik va qo‘llanmalarda sifatning 9 ta LMG ajratiladi: 1.Xususiyat bildiruvchi sifat. 2.Holat bildiruvchi sifat. 3.SHakl bildiruvchi sifat. 4.Rang-tus bildiruvchi sifat. 5.Maza-ta’m bildiruvchi sifat. 6.Hid bildiruvchi sifat. 7.O‘lchov bildiruvchi sifat. 8.O‘rin bildiruvchi sifat. 9.Payt bildiruvchi sifat. Quyida ularning har birini alohida-alohida ko‘rib o‘tamiz.
  • Xususiyat bildiruvchi sifat narsa/mavjudotning xarakter-xususiyatini ifodalashda ko‘p qo‘llanadi: [yoqimtoy], [badjahl], [muloyim], [dilkash], [yaxshi], [yomon], [loqayd] kabi. Xarakter-xususiyat ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin.
  • Holat bildiruvchi sifat narsa/mavjudotning holat yoki vaziyatini turg‘un belgi sifatida ifodalaydi. Holat bildiruvchi sifat o‘z o‘rnida yana ichki guruhlarga bo‘linadi:
  • 1) tabiiy holat bildiruvchi sifat: [go‘zal], [mo‘min], [o‘ktam], [cho‘loq], [bukri]; 2) jismoniy holat bildiruvchi sifat: [bardam], [baquvvat], [tetik], [yosh]. 3) ruhiy holat bildiruvchi sifat: [xafa], [g‘amgin], [ma’yus], [xursand], [shod]; 4) iqtisodiy holat bildiruvchi sifat: [boy], [badavlat], [kambag‘al], [nochor]; 5) harorat holatini bildiruvchi sifat: [iliq], [salqin], [sovuq], [issiq]; 6) tozalik holatini bildiruvchi sifat: [toza], [ozoda], [kir], [musaffo], [isqirt]; 7) eskilik, yangilik holatini bildiruvchi sifat: [yangi], [eski], [ko‘hna], [juldur]; 8) ho‘l-quruqlik holatini bildiruvchi sifat: [ho‘l], [quruq], [nam], [namxush]; 9) tinch va notinch holatni bildiruvchi sifat: [tinch], [jimjit], [sokin], [osuda], [osoyishta], [bezovta]; 10) yetilganlik holatini bildiruvchi sifat: [xom], [pishiq], [g‘o‘r], [puxta];

Shakl bildiruvchi sifat. Bu turdagi sifat narsa/predmetning tashqi ko‘rinishini ifodalaydi: [novcha], [yassi], [uzunchoq], [dumaloq], [yapaloq], aylana].

  • Shakl bildiruvchi sifat. Bu turdagi sifat narsa/predmetning tashqi ko‘rinishini ifodalaydi: [novcha], [yassi], [uzunchoq], [dumaloq], [yapaloq], aylana].
  • Rang-tus bildiruvchi sifat: [oq], [qora], [qizil], [pushti], [sariq], [zangor].
  • Maza-ta’m bildiruvchi sifat: [shirin], [achchiq], [nordon], [taxir], [sho‘r].
  • Hid bildiruvchi sifat: [xushbo‘y], [badbo‘y], [qo‘lansa].
  • O‘lchov bildiruvchi sifat: [keng], [tor], [uzun], [yaqin], [katta], [og‘ir].
  • O‘rin bildiruvchi sifat: [ichki], [tashqi], [devoriy], [qishloqi].
  • Payt bildiruvchi sifat: [kuzgi], [yozgi], [qishki], [chillaki], [ertapishar].

Sifat derivatsiyasi

  • Sifat derivatsiyasi
  • Sifatlar ikki usul bilan yasaladi: affiksatsiya va kompozitsiya.
  • Affiksatsiya usuli. O‘zbek tilida sifat yasovchi affiksal derivatsion qolip anchagina. Ularni birma-bir sanab o‘tamiz.
  • 1. [ot + -li = 1) asosdan anglashilgan narsa/predmetga egalik belgisini bildiruvchi sifat; 2) asosdan anglashilgan narsa/predmetga me’yordan ortiq egalik belgisini bildiruvchi sifat;] ( 1) [rasmli], [do‘ppili], [masxarali], [gavdali]; 2) [aqlli], [gavdali], [kuchli]), [harakat nomi + -li = narsa/predmetning fe’ldan anglashilgan ishharakat uchun juda mosligi, bopligini bildiruvchi sifat] ([o‘tirishli], [eyishli], [ichishli]).
  • 2. [ot +- dor= 1) asosdan anglashilgan narsa-predmetga egalik belgisini bildiruvchi sifat; 2) asosdan anglashilgan narsaning me’yordan ortiqligini bildiruvchi sifat] ( 1) [aloqador], [aybdor], [manfaatdor]; 2) [mahsuldor], [nasldor]).
  • 3. [ser + ot = asosdan anglashilgan narsaning me’yordan ortiqligini bildiruvchi sifat] ([sersoqol], [sersuv], [sergo‘sht], [sersomon]).
  • 4. [be + ot = asosdan anglashilgan narsaning yo‘q ekanligini bildiruvchi sifat] ([bemajol], [bedin], [beg‘ubor]).
  • 5. [ba + ot = asosdan anglashilgan narsaning me’yordan ortiqligini bildiruvchi sifat] ([basavlat], [baquvvat], [sersavlat]).

Kompozitsiya usuli. Kompozitsiya usuli bilan qo‘shma va juft sifat hosil bo‘ladi. Qo‘shma sifat. Qo‘shma sifat quyidagi qolip asosida hosil bo‘ladi:

  • Kompozitsiya usuli. Kompozitsiya usuli bilan qo‘shma va juft sifat hosil bo‘ladi. Qo‘shma sifat. Qo‘shma sifat quyidagi qolip asosida hosil bo‘ladi:
  • 1. [Ot+ot]: [devsifat], [devqomat], [dilorom], [dilozor], [kafangado], [otashnafas], [sohibjamol].
  • 2. [Sifat+ot]: [xomkalla], [sho‘rpeshona], [kaltafahm], [shirinsuxan], [sho‘rtumshuq], [balandparvoz].
  • 3. [Ot+sifat]: [yoqavayron], [jig‘ibiyron], [tepakal], [xonavayron], [xudobezor], [otabezori].
  • 4. [Ravish+ot]: [hozirjavob], [kamgap], [kamsuxan], [kamsuqum], [kamqon], [kamxarj].
  • 5. [Ravish+fe’l]: [tezpishar], [ertapishar], [cho‘rtkesar].
  • 6. [Fe’l+ fe’l]: [yebto‘ymas].
  • 7. [Olmosh+ot]: [o‘zboshimcha.
  • 8. [Ot+fe’l]: [tilyog‘lama], [gadoytopmas], [tinchliksevar].
  • 9. [Olmosh+sifat]: [o‘zbilarmon].
  • 10. [Son+ot]: [ikkiyuzlamachi], [qirqyamoq].

Juft sifat. Juft sifat tarkibidagi so‘zning xususiyatiga ko‘ra quyidagi turga bo‘linadi: I. Har ikki qismi mustaqil holda ishlatiladigan juft sifat:

  • Juft sifat. Juft sifat tarkibidagi so‘zning xususiyatiga ko‘ra quyidagi turga bo‘linadi: I. Har ikki qismi mustaqil holda ishlatiladigan juft sifat:
  • 1. Qismlari sinonim: [aql-hushli], [pishiq-puxta], [telba-teskari], [sog‘-salomat], [yakka-yolg‘iz].
  • 2. Qismlari antonim: [achchiq-chuchuk], [baland-past], [vayron-obod], [issiq-sovuq].
  • 3. Qismlari ma’noviy yaqin: [mo‘min-qobil], [och-yalang‘och], [soya-salqin], [xorzor].
  • II. Bir qismi mustaqil holda ishlatiladigan juft sifat: [ralash-quralash], [mastalast], [ilma-teshik], [tuppa-tuzuk], [xom-xatala], [entak-tentak], [qari-quri], [qora-qura], [yamoq-yasqoq], [harom-harish].

III. Har ikkala qismi mustaqil holda ishlatilmaydigan sifat: [aji-buji], [aloqchaloq], [poyintar-soyintar], [uvali-juvali], [o‘poq-so‘poq], [ilang-bilang].

  • III. Har ikkala qismi mustaqil holda ishlatilmaydigan sifat: [aji-buji], [aloqchaloq], [poyintar-soyintar], [uvali-juvali], [o‘poq-so‘poq], [ilang-bilang].
  • Boshqa turkumga xos so‘z konversiya yo‘li bilan sifatga o‘tishi mumkin. Bu sifatlashuv deyiladi. Sifatlashuv tarixiy jarayon bo‘lib, boshqa so‘z turkumi davr o‘tishi bilan sifatga aylanib boradi. Sifatlashuv hodisasi lisoniy tabiatga ega:
  • 1. Juft va takroriy otning sifatlashuvi: [mosh-guruch], [yo‘l-yo‘l], [rang-barang], [xilma-xil].
  • 2. O‘zak holidagi fe’lning sifatlashuvi: [daydi], [qari], [chalkash], [yanglish], [tutash], [aralash].
  • 3. Harakat nomi shaklidagi juft fe’l: [olmoq-solmoq].
  • 4. Kesimlik shaklidagi fe’l: [oldi-qochdi], [kuydi-pishdi], [tug‘di-bitdi], [ilikuzildi], [ichakuzdi], [supraqoqdi]
  • Eslatma. Juft va qo‘shma sifat yasama. Takroriy sifatda shakl yasalishi, qisman leksemalashuv mavjud. U taraqqiyot natijasida yangi ma’no kasb etishi ham mumkin: [yo‘lyo‘l]. Bunda yangi so‘z yasalishi emas, balki so‘zshaklning leksemalashuvi kuzatiladi.

Daraja kategoriyasi Daraja kategoriyasi (qisq. DK) «sifatda belgi darajasi» UGMsiga ega. Daraja turli (geterogen) shakl yordamida hosil qilinadi: (chiroyli) – (chiroyliroq) – (juda chiroyli). Asliy sifatda belgining darajasini ifodalashga ko‘ra uch daraja ajratiladi: a) oddiy daraja; b) orttirma daraja; d) ozaytirma daraja. Oddiy daraja hech qanday vositasiz yuzaga chiqadi. Unda DK UGMsi «belgining ortiq-kamligiga munosabat bildirmaslik» tarzida yuzaga chiqadi: (yaxshi), (qattiq), (semiz), (keng), (baland), (to‘g‘ri), (yumshoq) kabi. Orttirma daraja belgining me’yoriy holatdan ortiqligi, kuchliligini ifodalab, DK UGMsini «belgining me’yordan ortiqligini ifodalash» tarzida xususiylashtiradi. Orttirma daraja maxsus morfologik shaklga ega emas. DK ifodalovchisining geterogenligi(har xilligi) ushbu darajada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Orttirma daraja quyidagi usullar bilan hosil qilinadi:

  • Daraja kategoriyasi Daraja kategoriyasi (qisq. DK) «sifatda belgi darajasi» UGMsiga ega. Daraja turli (geterogen) shakl yordamida hosil qilinadi: (chiroyli) – (chiroyliroq) – (juda chiroyli). Asliy sifatda belgining darajasini ifodalashga ko‘ra uch daraja ajratiladi: a) oddiy daraja; b) orttirma daraja; d) ozaytirma daraja. Oddiy daraja hech qanday vositasiz yuzaga chiqadi. Unda DK UGMsi «belgining ortiq-kamligiga munosabat bildirmaslik» tarzida yuzaga chiqadi: (yaxshi), (qattiq), (semiz), (keng), (baland), (to‘g‘ri), (yumshoq) kabi. Orttirma daraja belgining me’yoriy holatdan ortiqligi, kuchliligini ifodalab, DK UGMsini «belgining me’yordan ortiqligini ifodalash» tarzida xususiylashtiradi. Orttirma daraja maxsus morfologik shaklga ega emas. DK ifodalovchisining geterogenligi(har xilligi) ushbu darajada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Orttirma daraja quyidagi usullar bilan hosil qilinadi:

1. Fonetik usul. Uning bir necha ko‘rinishi bor: a) (qop-qora), (yap-yapaloq), (dumdumaloq); b) urg‘uli tovushning cho‘zilishi: (u’zun), (bala’nd), (chiro‘yli).

  • 1. Fonetik usul. Uning bir necha ko‘rinishi bor: a) (qop-qora), (yap-yapaloq), (dumdumaloq); b) urg‘uli tovushning cho‘zilishi: (u’zun), (bala’nd), (chiro‘yli).
  • 2. Leksik usul:. (juda kuchli), (g‘oyatda qo‘rqinchli), (nihoyatda baland). Belgining ortiq darajasi analitik shaklda ham ifodalanadi. Bu shakl ikki uzvli, birinchi uzvini chiqish kelishigi shaklida qo‘llash orqali hosil qilinadi: (uzundan uzun), (shirindan shirin). Ozaytirma daraja DK UGMsini «belgining me’yordan kamligini ifodalash» ko‘rinishida xususiylashtiradi. Bu ma’no ikki usul bilan yuzaga chiqadi: 1. Leksik usul: (sal durust), (biroz yaxshi), (xiyol ochiq). 2. Morfologik usul: (kattaroq), (ko‘proq), (ozroq);
  • Eslatma. Rang-tus bidiruvchi ayrim sifatda qo‘llanuvchi [-(i)sh], [-(i)mtir] affikslari belgining kuchsiz darajasini bildirmaydi. Masalan, (oqish) so‘zi oq rangning, (qoramtir) so‘zi qora rangning kuchsiz darajasi emas, balki oq, qora bo‘lmagan, ularga o‘xshash bo‘lgan rang turlari.

Аdabiyotlar

  • 1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.
  • 2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.
  • 3. Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 2003.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling