4-ilova
Ravish so‘z turkumi haqida umumiy ma’lumot
Ish-harakat va holatning belgisini bildirgan so‘zlar turkumi ravish deyiladi. Ravish qanday?, qachon?, qaerda?, qaerdan?, qaerga?, qancha?, nega?, qaydarajada? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi. Ravish ko‘pincha fe’lga bog‘lanib, ish-harakatning qay holatda bajarilishini, paytini, o‘rnini, daraja-miqdorini, sababini, maqsadini, bildiradi.
Uning yuzida bolalarcha samimiy kulgi zohir bo‘ldi.
Ravishlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1) biror so‘z bilan bog‘langanda, o‘z shaklini o‘zgartirmaydi, ya’ni so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni olmaydi: tez yurdi;
2) o‘ziga xos yasalish tizimiga ega: kamtarona, birin-ketin, shu kuni;
3) harakat belgisini qisman bo‘lsa ham darajalab ko‘rsata oladi: tez, tezroq, juda tez.
4) gap tarkibida ko‘pincha hol (Ikkisi do‘stlarcha ko‘rishdi.) ot-kesim (Uning bahonasi ko‘p.), ba’zan otga bog‘lanib, aniqlovchi (Ko‘p odam to‘plandi. Uning yuzida bolalarcha samimiy kulgi zohir bo‘ldi.) bo‘lib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |