9. O‘tgan zamon davom fe’li qaysi qatorda qo‘llangan?
A) Gimnastika badan g‘uborini tozaslaydi. V) Bu shovqin-suron hech nimani isbotlamadi. S) Uchrashuv do‘stona va samimiy sharoitda o‘tdi. D) Bu institutning dovrug‘ini ko‘p eshitganman. E) Cho‘lning taqir betida bir parcha qor ko‘rinmas edi.
10.Otdan yasalgan fe’llarni toping.
A) ko‘kish, borish, ishlash V) tuzla, davola, suvsa S) kelay, yozay, to‘qi
D) yozar, oqar, cho‘zar E) yig‘in, tugun, yashirin.
7-ilova
Talabalarning mustaqil izlanishlari uchun topshiriqlar:
Badiiy asarlardan shu mavzuga doir misollar to‘plab, tahlil qilish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida berilgan darsliklardan hozirgi va kelasi zamon fe’llari bo‘yicha berilgan ma’lumotlarni konspektlashtirish
GLOSSARIY
Turlanish - otlarning kеlishik yoki egalik qo‘shimchalarini olib o‘zgarishi: bolaning, dalani, kitobga, uyda, ko‘chadan; ko‘ylagim, bobong, onasi.
Tuslanish - fе’lning shaxs-son qo‘shimchalarini olib o‘zgarishi: bordim, bording, bordik, bordingiz, boraman, borasan, boray, borgin, borsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |