Takrorlash uchun savollar
1.Qanday so‘zlarga son deyiladi?
2. Sonning nomini bildiradigan sonlar qanday qo‘shimchalarni olishi mumkin?
3. Narsa-buyumlarning son-sanoјini bildiradigan sonlarni so‘zlarga boјlab 5 ta misol keltiring.
4. Sonlar qanday raqamlar bilan ifodalanadi?
5. Nutqimizda tez-tez qo‘llanadigan 23 ta sodda sonni birma-bir sanang.
6. Eskirgan sonlarga misol keltiring.
7. Butun va kasr sonlarning o‘zaro farqini tushuntiring.
8. Kasr sonning turlari haqida gapiring.
9. Aralash sonlar haqida gapiring.
10. Miqdor sonlar haqida gapiring.
11. Hisob so‘zlarining ma’no guruhlari haqida gapiring.
12.“Bir” so‘zining qanday ma’nolari bor?
13. Dona va tartib sonlar haqida gapiring.
14. Chama sonlar qanday hosil qilinadi?
15. Jamlovchi sonlar qanday hosil qilinadi?
16. Taqsim sonlar qanday hosil qilinadi?
17. Ot, sifat turkumidan yasalgan sonlarga 4 ta misol keltiring.
18. Otlashgan sonlar qanday qo‘shimchalarni oladi?
19. Sonlarning tuzilish jihatdan turlari haqida gapiring.
20. “Beshtacha kitob” birikmasidagi sonni yoddan to‘liq tahlil qilib bering.
21. Omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan sonlar haqida gapiring.
22. Sinonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan sonlar haqida gapiring
Do'stlaringiz bilan baham: |