1-maruza: son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik vazifasi. (2 soat)
Download 410.61 Kb.
|
ON. sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik va-fayllar.org
Aniqlovchi: Men bugun ukamga juda qiziq ikkita kitob sotib oldim. Kesim: Darslarga doim tayyorlanib keladigan talabaning bahosi besh. Sonlar ham otlashganda boshqa bo‘laklar vazifasida kela oladi. Ega: Mana shu talabalardan biri har kuni darsga kech qolib keladi. To‘ldiruvchi: Birni birovdan minnat bilan olgandan кo‘ra, mingni mehnat qilib topgan yaxshi.
Hol: Nurmurod betob do‘sti holidan har kuni ikki marta xabar olib turdi. Undalma: Birinchi, birinchi, birinchi, men o‘ttiz yettinchiman, qanday eshityapsiz, qabul. Sonlarning otlashishi Gapda son bog‘langan ot tushib qolishi mumkin. Bunday holda son otlashadi. Otlashgan son xuddi otlarga o‘xshab egalik, ko‘plik va kеlishik qo‘shimchalarini oladi: Bеshga, uchni, ikkimiz, ikkinchilar. Bunday sonlar gapda ega, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi, undalma vazifalarini bajaradi (misollar 1-§ da bеrildi). Sonlarning tuzilish jihatdan turlari Sonlar tuzilish jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Sodda sonlar bir o‘zakdan iborat bo‘ladi: bir, uch. 2. Qo‘shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning birga yozilishidan tuziladi: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz. 3. Juft sonlar ikkita turli o‘zakning juftlashishidan tuziladi: bеsh-olti, еtti-sakkiz, o‘n bеsh-o‘n olti. 4. Takroriy sonlar bir o‘zakning takrorlanishidan tuziladi: ikki-ikki, to‘rtta-to‘rtta, o‘nta-o‘nta. Juft va takroriy sonlar chiziqcha bilan yoziladi. Tilshunos olimlar sakson va to‘qson sonlarining sakkiz va o‘n, to‘qqiz va o‘n so‘zlaridan tuzilganligini aniqlashgan. M.Xamrayevda: Predmetning miqdorini, sanog‘ini, joylashish tartibini, ba’zan ish-harakatning bajarilish tartibini, miqdoriy belgisini bildiradigan mustaqil so‘z turkumi son deyiladi. Son necha? Nechanchi? Nechta? Qancha? Kabi so‘roqlardan biriga javob beradi. Son otga bog‘lanib, u ifodalagan predmetning konkret miqdoriy belgisini, ba’zan fe’lga bog‘lanib, u ifodalagan harakatning miqdoriy belgisini anglatadi: to‘rtta daftar, ikki oy o‘qidi, birinchi keldi kabi. Arifmetik amallarda esa son otga, fe’lga bog‘lanmagan holda keladi. Bunda son ifodalagan miqdor mavhum ma’noga ega bo‘ladi: ikki qo‘shuv uch besh. Arifmetik hisoblashda qanday predmetlar miqdorining qo‘shilishi bilan besh hosil bo‘lishi aniq emas. Download 410.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling