Bugun fevral oyining 24-sanasi. Bugun soat 9: 15da maktabga keldim. Bugun men 2-"a"sinf o'quvchilarining ingliz tili darsini kuzatish uchun darsga kirdim
Download 8.74 Kb.
|
28.02.2022 - 01.03.2022
28.02.2022 Bugun fevral oyining 24-sanasi. Bugun soat 9:15da maktabga keldim. Bugun men 2-"a"sinf o'quvchilarining ingliz tili darsini kuzatish uchun darsga kirdim. Zamira Tenelova har bir darsi uchun o'zi 45 minutlik dars ishlanmasini tayyorlab keladilar. Darsni avvalo o'quvchilar bilan salomlashish, ob-havoni so'rash va davomatni tekshirish bilan boshladi. Davomatni tekshirib bo'lgach, uy vazifasini tekshirdilar. O'tgan darsda o'tilgan mavzu "My favourite subject" mavzusi bo'lgan ekan. O'quvchilar mavzuga doir yangi so'zlarni yod olib kelishgan. Keyin o'quvchilarni darsga qiziqtirib olish maqsadida hamma uchun mashhur bo'lgan "Toca Toca" musiqasini qo'yib berdi. Bolalar musiqaga raqsga tushishdi. Bu kirishish qismi ular uchun juda maroqli bo'ldi. 2-"a" o'quvchilarining bugungi o'tadigan mavzusi "Sevara doesn't like..." mavzusi bo'lib, Zamira Tenelova dars mobaynida o'quvchilarga I like...., I don't like....bilan gap tuzishni o'rgatdilar. Misol uchun, I like English ; I don't like maths kabi. Bu mavzuni tushuntirish va gap tuzishni o'rgatish uchun Zamira Tenelova juda ajoyib va o'quvchilar uchun juda qiziqarli bo'lgan metodlardan foydalanadilar. Dars davomida Allashova Ziywar, Yakupova Albina, Najimattinov Esimlar juda faol qatnashdilar. Uy vazifasini bajarmagan va darsda faol qatnashmagan o'quvchilar ogohlantirildi. 01.03.2022 Bugun amaliyotimizning 28-kuni. Men o'zim kuzatayotgan har bir dars mashg'ulotlaridan o'zim uchun juda ko'p foydali metodlarni o'rganmoqdaman. Zamira Tenelovaning har bir darsi men uchun juda qiziqarli. Bugun o'qituvchim Zamira Tenelovaning 1-"a"sinfiga dars mashg'ulotlari bor. Zamira Tenelova har bir sinf uchun har xil metod va qiziqarli o'yinlardan foydalanadi. Chunki o'quvchilarning yosh hususiyatlarlariga qarab darslarga to'g'ri yondashish pedagogning ustun jihati hisoblanadi. 1-sinf o'quvchilarining bugungi mavzusi "What can we see the sky" mavzusi. Zamira Tenelova bugungi dars mashg'ulotlari uchun "Sun", "Moon", "Star", "Cloud", "Rainbow" kabilarning suratlarini tayyorlab kelibdi. 1-sinf o'quvchilarining dars jarayonlarida ko'proq o'yinli, suratli, musiqali metodlardan foydalanadilar. Chunki bu yoshdagi bolalar juda sho'x va energiyaga boy bo'lishadi. Dars davomida o'qituvchi so'zlarni qayta - qayta takrorlatib, so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishni o'rgatdi. O'quvchilarning xatolarini to'g'rilab, har bir o'quvchi bilan shug‘ullanishga harakat qildi. Doskaga so'zlarni talaffuziga ko'ra o'z ona tillarida yozib berdi. Bu usul so'zlarni osonroq o'rganishga yordam beradi, shuningdek so'zlarni noto'g'ri talaffuz qilishning oldini oladi. Download 8.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling