Mavzu; Gapning tuzilish jihatdan turlari. Reja


Download 58.33 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi58.33 Kb.
#1453858
  1   2
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI

Mavzu; Gapning tuzilish jihatdan turlari. Reja;

Gaplar tuzilish jihatdan ikki xil bo’ladi va ular o’zaro grammatik asoslar miqdoriga ko’ra farqlanadi;

    • Gaplar tuzilish jihatdan ikki xil bo’ladi va ular o’zaro grammatik asoslar miqdoriga ko’ra farqlanadi;
    • Sodda gaplarda – bitta ega va kesim munosabati , yani bitta grammatik asos mavjud bo’ladi ; Yomg’ir yog’madi , Bahor keldi , Dars boshlandi .
    • Bazan sodda gap egasiz ,faqat bitta kesimdan iborat bo’lib , boshqa bo’laklar shu kesim atrofiga birlashadi; Bugun Maskvadan ukam bilan uchib keldim .
  • Qo’shma gaplarda ikki va undan ortiq ega va kesim munosabati , ya’ni grammatik asos mavjud bo’ladi; Qo’ng’iroq chalindi va dars boshlandi .
  • Sodda gaplar eganing bor – yo’qligiga ko’ra quydagi guruhlarga bo’linadi :
  • Egasi ifodalangan [egali] gaplarda ega qatnashadi : Biz maktabga bordik .
  • Egasi ifodalanmagan [yashiringan] gaplarda ega ishtirok etmaydi , lekin uni tiklasa bo’ladi :
  • Ota – onalarga yordamlashdik .

    Bunday gaplar o’z novbatida quydagi turlarga bo’linadi :

  • Egasi [shaxsi] ma’lum gaplarning egasini kesimdagi
  • shaxs –son qo’shimchalaridan , nutqiy vaziyatdan , gapning mazmunidan aniqlash mumkun .

    Yana bir belgisi shuki , bunday gaplarning kesimi 1 - va 2 - shaxs shaklida bo’ladi : Ko’pdan beri bilib yuribman . Bunday gaplarning kesimi tarkibida harakat nomi ishtirok etsa , uning tarkibida egalik qo’shimchasi mavjud bo’ladi : Bu topshiriqni puxta bajarishi kerak .

  • Egasi [shaxsi] umumlashgan gaplar mazmunan barchaga umumga qaratilgan bo’ladi , kesimi 2 – va 3 - shaxs shaklida bo’ladi : Bel olishsang , kuchli polvon bilan olish .
  • Maqollar ko’pincha shunday gaplar ko’rinishida bo’ladi : Bugungi ishni ertaga qo’yma .
  • Egasiz gaplarda ega umuman qatnashmaydi va uni tiklab xam bo’lmaydi .
  • Bunday gaplar shaxs tushunchasining ifodalanishiga ko’ra qudagi turlarga bo’linadi :
  • Shaxsi noma’lum gaplar egasini topib ham gap tarkibiga kiritib ham bo’lmaydigan gaplardir :
  • U yerda intizom haqida so’zlashga to’g’ri keldi .
  • Atov [nominativ] gaplar bosh kelishikdagi ot yordamida ifodalangan bo’ladi va narsa buyumning borligini ,mavjudligini anglatadi va ko’pincha badiiy va publitsistik asarlarda payt va o’rnini ifodalash uchun ishlatiladi :
  • Kuz . Izg’irin shabada esayapti .
  • Bazan ato’v gap tarkibida aniqlo’vchi ishtirok etadi yoki bunday gap kengaygan harakat nomi bilan ifodalanadi va natijada kengaygan atov gaplar hosil bo’ladi : Qorongi tun . Ikki qadam narini ko’rib bo’lmaydi .
  • So’z – gaplar tarkibida gap bo’laklarini ajratish mumkun bo’lmay – digan , inson his – tuyg’ularini yoki turli manolarini ifodalaydigan yakka so’zlardan iborat gaplardir: Ertaga unikiga borasizmi ? – Ha .
  • So’z – gaplar quydagi turlarga bo’linadi :
  • Madal so’z – gaplar qat’iy ishonch , taxmin gumon manolarini ifodalab keladigan gaplardir : - Ertaga kelasizmi ? – Albatta .
  • Undov so’z – gaplar his – tuyg’u va haydash – chaqirish yoki javob manolarini ifodalaydigan gaplardir : - Oh – dedi – yu , sekin divanga o’tirib qoldi .
  • Tasdiq so’z – gaplarga ha, mayli, kabi so’zlar kiradi
  • Inkor so’z – gaplarga yo’q, aslo so’zlari kiradi
  • Taklif so’z- gaplar tinglovchiga qaratilib, biror ish- harakatni baja – rishga undaydigan gaplardir : Bularga ma, mang, qani kabi so’zlar kiradi.
  • Ofarin , tashakkur , rahmat kabi so’zlar bilan ifodalanib , minnatdorlik , iltimos , kechirm kabilarni ifodalaydigan gaplar ham so’z - gaplar hisoblanadi .

Download 58.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling