1-maruza: son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik vazifasi. (2 soat)


Download 410.61 Kb.
bet64/219
Sana08.01.2022
Hajmi410.61 Kb.
#245862
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   219
Bog'liq
ON. sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik va-fayllar.org

3. Shart mayli

Shart maylidagi fe’llar biror ish-harakatning bajarilishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo‘lgan ish-harakatni, biror ish-harakatning bajarilish-bajarilmasligi haqida istak, maslahat, faraz kabi ma’nolarni anglatadi va -sa qo‘shimchasi yordamida hosil qilinadi: borsa, kelsam, yursak (Eski tilda –sar shaklida bo‘lgan).

Bu mayldagi fe’llar sof shart ma’nosini (Kelsa, boramiz), orzu-istak (Qani endi, o‘qishga kirsam), iltimos, maslahat (O‘sha kishini chaqirib bersangiz), faraz (Yomg‘ir yog‘sa kerak), payt (Tashqariga chiqsam, ukam turibdi), buyruq-istak mayliga xos (Gapirsangiz-chi!) ma’nolarini ifodaslaydi. Bu fe’llar edi, ekan fe’llari bilan qo‘llansa, shart mahnosiga istak ham qo‘shiladi: kelsa edi, o‘qisa ekan...

4. Sh a r t l i mayldagi fe’llar bajarilishi biror harakatga bog‘liq bo‘lgan harakatni bildiradi va –(a)r –mas qo‘shimchalari bilan yasaluvchi sifatdoshga edi to‘liqsiz fe’lining birikishidan hosil qilinadi. Bu mayl bajarilishining biror sharti bo‘lgan, bajarilishi biror harakatga bog‘liq bo‘lgan harakatni bildiradi: U kelsa, men quvonar edim. Sen kelsang, men bormas edim.

5. M a q s a d maylidagi fe’llar ish-harakatni bajaruvchining maqsadi, mo‘ljali, niyatini bildiradi. Bu fe’llarning o‘tgan zamon shakli, hozirgi zamon shakli va kelasi zamon shakllari bor: yozmoqchi, kelmoqchi bo‘ldim, bormoqchi bo‘lyapman, bormoqchi bo‘laman va b.


1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling