1-maruza: son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik vazifasi. (2 soat)


Download 410.61 Kb.
bet65/219
Sana08.01.2022
Hajmi410.61 Kb.
#245862
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   219
Bog'liq
ON. sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik va-fayllar.org

To‘liqsiz fellar

O‘zining lug‘aviy ma’nosini butunlay yo‘qotib, yordamchi so‘zlarga yaqinlashib qolgan fe’llar to‘liqsiz fe’llar deyiladi. Bularga edi, ekan, emish, emas, so‘zlari kiradi (esa bog‘lovchilar guruhiga o‘tib ketgan).



To‘liqsiz fe’llar quyidagi umumiy xususiyatlarga ega:

1)mustaqil lug‘aviy ma’noga ega emas.

2) nisbat, bo‘lishsizlik, zamon kabi ma’nolarga ega emas.

3) shaxs-son qo‘shimchalari ularga qo‘shilsa ham, shaxs ma’nosi to‘liqsiz fe’l qatnashgan butun birikmaga tegishlidir.

4) to‘liqsiz fe’l qatnashgan birikma (asosiy fe’l+to‘liqsiz fe’l) tarkibidagi to‘liqsiz fe’lni har doim ham tushirib bo‘lmaydi.

5) to‘liqsiz fe’l tarkibidagi “e” tovushi tushib qolishi mumkin.

6) to‘liqsiz fe’llar otlarga (keng ma’noda) ham, fe’llarga ham birika oladi. Ular ko‘proq sifatdosh va ravishdoshga birikadi.

7) bu fe’llar ketma-ket qo‘shilishi ham mumkin: Opam ishdan kelgan edimikin (edimi ekan)?

8) bu fe’llar qator kelgan bir necha fe’lning oxirgisiga birikadi. To‘liqsiz fe’llar gapda ko‘pincha bog‘lama (ega bilan kesimni bog‘lovchi vosita) vazifasini bajaradi: Otasi ishchi ekan.


Download 410.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling