1-ma`ruza. Ta’lim siyosati
Download 121.49 Kb.
|
1-LEKSIYA TENDENSYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlashni o‘rganish
- Birgalikda yashashga o‘rganish.
- “El-yurt umidi” jamg‘armasi
- “El-yurt umidi
Bilishga o‘rganish. Bu shaxsning keng umumiy madaniyatini fanlarning cheklangan sohasida bilimlarni chuqur egallashni nazarda tutadi. Shaxsning umumiy madaniyati ta'lim olishni rag‘batlantiradi, uning bilimini muttasil oshirib borishga o‘rgatadi. Bu, shuningdek, uzluksiz ta'lim tug‘dirgan imkoniyatlardan foydalangan holda o‘qishni o‘rganishni ham ko‘zda tutadi.
Ishlashni o‘rganish. Har bir shaxs faqat kasb malakasini egallabgina qolmasdan, ayni paytda turli vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish va jamoa bilan birga ishlay olish ko‘nikmalarini shakllantirgan kompetentlikka ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, shaxs hayoti davomida duch keladigan turli ijtimoiy yoki ishlab chiqarish muhitida mehnat faoliyatini amalga oshirishga ham o‘rganishi kerak. Birgalikda yashashga o‘rganish. Umumiy loyihalarni amalga oshirish, hur fikrlilik, o‘zaro anglashuv, kelishish qadriyatlarini hurmat qilgan holda mojaroli vaziyatlarni hal qilishda bevosita ana shu fazilat asqotadi. Yashashni o‘rganish. Bu o‘z shaxsini kamol toptirish, mustaqil fikrga ega bo‘lish, shaxsiy mas'uliyat demakdir. Shuning uchun ta'limda insonning ushbu fazilatlarini rivojlantiradigan barcha vositalardan: xotira, mushohada yurgizishga qodirlik, estetik did, jismoniy imkoniyatlar, aloqa qilishga qodirlik va hokazolardan samarali foydalanilishi lozim. Oliy ta'lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiyta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti10. Tahlillarning ko‘rsatishicha, oxirgi yillarda o‘qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik ko‘rmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda, malakali pedagog kadrlar yetishmasligi sezilmoqda. Ta'lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Mutaxassislar tayyorlash, ta'lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo‘layotgan islohotlar, yangilanish jarayonlari talablari bilan yetarli darajada bog‘lanmagan. Prezident Farmonida xalq ta'limi tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib qo‘ydagilarni belgilab berilgan: v umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'limni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta'minlash; v ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining muvofiqlashtiruvchi roli va mas'uliyatini kuchaytirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur yo‘nalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish; v rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta'limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish; v xalq ta'limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta'minlash, barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy etish; v xalq ta'limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish; v zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish yo‘li bilan umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko‘rsatishga oid faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tarmog‘ini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish; v xalq ta'limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta'lim berishning innovatsion usullarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish. Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 25 sentyabrdagi Farmoniga17 muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etilgan edi. Jamg‘arma oldiga o‘zbekistonlik iqtidorli yoshlarni doktorantura va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, turli soha mutaxassislarining malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish, xorijdagi vatandoshlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularni mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiyiqtisodiy islohotlarga jalb qilish, chet eldagi universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo‘mak berish vazifalari qo‘yilgan. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun 2019 yilda davlat byudjetidan 45 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilgan. Prezidentimiz ko‘rsatmasiga muvofiq, bu mablag‘ yanada oshiriladigan bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasiga “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda barcha vazirlik va idoralar kesimida xorijda kadrlar tayyorlash, stajirovkasini tashkillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Oliy ta'lim vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasiga kadrlarni xorijga yuborish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlab, tanlov e'lon qilish bo‘yicha topshiriq berildi. Jamg‘arma Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda xorijda qimmatli tajribaga ega bo‘lgan vatandoshlarimiz to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shakllantirib borishi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatlar va mutaxassisliklar kesimida vatandoshlar to‘g‘risida ma'lumotlar reestrini tezroq ishga tushirishi zarurligi qayd etildi. Prezident Shavkat Mirziyoev mamlakatimizga jalb etilayotgan har qanday xorijiy investitsiyaning ma'lum bir qismini malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirish kerakligini alohida ta'kidladi. Download 121.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling