1-ma`ruza. Ta’lim siyosati
Download 121.49 Kb.
|
1-LEKSIYA TENDENSYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Birinchidan
1-ma`ruza. Ta’lim siyosati. Reja: 1. Ta’lim sohasidagi global chaqiriqlar va ta’lim siyosati yo‘nalishlari. 2. Xorijiy davlatlarda ta’limni modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalishlari. 3. Yevropada oliy maktabni isloh qilish va ta’lim sohasidagi integratsion jarayonlarning o‘zaro aloqadorligi. 4. Rivojlangan davlatlarda ta’lim siyosati yo‘nalishlari Tayanch iboralar:ta'lim, islohot, modernizatsiya, integratsiya,uzluksiz ta'lim, “uzluksiz ta'lim” konsepsiyasi, uzluksiz ta'lim tizimi, ta'lim shakllari, hayot davomida ta'lim olish, innovatsion jamiyat, “El-yurt umidi” jamg‘armasi. Ta’lim sohasidagi global chaqiriqlar va ta’lim siyosati yo‘nalishlari. Global o‘zgarishlar davrida ta'lim-tarbiyaga extiyoj ortib boradi. Chunki hayot o‘zgarish sur'atlari tezlashadi. Bu bir tomondan, turli xalqlar hayot soxalarida imkoniyat doirasida umumiy jihatlarni, qulayliklarni yaratib bersa, ikkinchi tomondan axborot makoni kengayadi. Turli maqsad va manfaatlarga yo‘naltirilgan har xil g‘oya, qarashlar, uni targ‘ibot qilish texnologiyalari ijtimoiy ong va tafakkuriga ta'sir ko‘rsatish maqsadida “jozibador”ligini oshirgan xolda samaradorlikka erishish uchun harakat qiladi. Ta'lim-tarbiyaning “sovetcha” modeli o‘rnida yangi, ya'ni hozirgi zamonda ta'lim-tarbiya soxasida dunyoda erishilgan yutuqlarga, axborot kommunikatsiya tizimi, pedagogik texnologiyalarni joriy etgan xolda ta'limni amalga oshirishga, ta'lim soxasiga yangi innovatsiyalarni joriy etishga davlat siyosati darajasida e'tibor berilmokda. Uning yutuqlarini esa dunyo e'tirof etmoqda. Masalan, ta'lim sohasida innovatsiyalarni joriy etishga bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasini ikkinchi o‘rinni olganligi ham bunga dalildir1. Mustaqillik yillarida “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun2, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi3, Kadrlar tayyorlash milliy modeli ishlab chiqilib, yangicha dunyoqarash, g‘oya va mafkuralar xilma-xilligiga asoslangani shaxsning ta'lim darajasi va salohiyatini oshirishga, mustaqil fikrlaydigan, ijodiy yondoshuv madaniyatiga ega bo‘lgan, yangi avlod kadrlarini tayyorlash ta'lim-tarbiya soxasida muhim o‘rin to‘tadi. Bu borada e'tibor berilishi zarur bo‘lgan vazifalar sifatida qo‘yidagilarni aytib o‘tish mumkin. Birinchidan,mamlakatimizda demokratik jamiyat ko‘rish vazifalarini amalga oshirishda ta'lim-tarbiyani tubdan isloh etish va uni modernizatsiyalashtirish muhim rol uynaydi. Ikkinchidan, globallashuv davrida o‘qituvchining pedagogik jarayondagi asosiy vazifalari o‘zgaradi. Uni boshqaruvchanlik faoliyatiga yangicha talablar quyiladi. Download 121.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling