1-ma`ruza. Ta’lim siyosati
Download 121.49 Kb.
|
1-LEKSIYA TENDENSYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
- Birinchi vazifa
- Ikkinchi vazifa
- Uchinchi vazifa
Boshqarish - bu yo‘naltirish, vazifa quyish, o‘rganish, yordam berish va qo‘llab-quvvatlashni hamda maslaxat berish, rahbarlik qilish, kuzatish, talab qilish, ko‘rsatma berishlari o‘z ichiga oladi. Ta'lim-tarbiyada donishmand va mo‘tafakkirlarning, xalqimizning milliy ma'naviy qadriyatlariga tayanish muhim ahamiyaiga ega. Uchinchidan, ta'lim-tarbiya jaryonidagi o‘zgarishlar tinglovchilar yoshlar oldiga ham muhim vazifa kuyadi. Ular izlash, keraqli bilimlarni mustaqil kidirib topish, axborot to‘plash va ularni ishlata bilishlari bilan bog‘liq.
Umuman olganda globallashuv davrida ta'lim-tarbiya jarayoni zamon kuyayotgan talablarga javob berishi, undan orqada kolmasligi muhim ahamiyatga ega. Bu mamlakatimizda belgilangan demokratik jamiyat qo‘rish vazifalarini amalga oshirishda xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ta'lim soxasidagi yutuqlar taraqqiyotning kaliti bo‘lsa, tarbiya soxasidagi o‘ziga xoslik O‘zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo‘lidan rivojlanishini kafolatlab beradi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o‘rin egallashi tabiiydir. Bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta'lim-tarbiya, madaniyat, san'at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun o‘y-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo‘yicha boshlangan ishlarimizni yangi yuksak bosqichga ko‘taramiz. Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bug‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”4 deb alohida ta'kidladilar. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev o‘zining “Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” asarida ta'lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta'limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar axvoli Tanqidiy tahlil qilib, bir qator vazifalarni amalga oshirishga e'tibor qaratdilar. Birinchi vazifa - maktabgacha ta'lim soxasida. Ochiq tan olishimiz kerak, biz bu muhim soxadagi ishlarni e'tibordan chetda qoldirdik. Ushbu soxada bolalarni kamrab olish 27 foizni tashkil etadi. Tasdiklangan dasturga ko‘ra, bu yo‘nalishda 2 ming 200 ta muassasaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. Shuningdek, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan xolda, o‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli soxalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi. Ikkinchi vazifa - umumta'lim maktablari, litsey va kasb-xunar kollejlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati bilan bog‘liq. Zamonaviy o‘quv reja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas. Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jaxon sivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o‘rgatish vazifalari xali sifatli va to‘liq xolda yechilgani yo‘q. Yana bir muammoni xal etish ham o‘ta muhim xisoblanadi: bu - pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta'lim olish, ma'naviy- ma'rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol kumak beradigan muhitni yaratish zarur. Uchinchi vazifa - ta'lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini oqilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soxa va har bir xududning zarur mutaxassislarga bo‘lgan talabini to‘g‘ri aniqlashni tanqidiy tahlil qilishdir. Download 121.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling