1-ma’ruza: tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning manosi reja


Telekommunikasiya tarmoqlarida AXni ta’minlashning asosiy ob’ektlari quyidagilar hisoblanadi


Download 72.5 Kb.
bet2/3
Sana25.01.2023
Hajmi72.5 Kb.
#1121478
1   2   3
Telekommunikasiya tarmoqlarida AXni ta’minlashning asosiy ob’ektlari quyidagilar hisoblanadi:

  • tarmoqda qayta ishlanadigan va aylanadigan abonentlar axborotlari;

  • tarmoqdagi texnik vositalari;

  • mos DT va operasion tizimi (OT);

  • boshqarish tizimi;

  • ma’lumotlar bazalari ko’rinishidagi telekommunikasiya ma’lumotlari.


1-rasm. Ma’lumot uzatish tarmoqlari axborot muhitiga buzg’unchi ta’siri
Telekommunikasiya tarmoqlari qurilmalarining axborotlarga tarmoq xavfsizligining quyidagi usullari ma’lum:

  • foydalana olish ob’ektlariga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish;

  • muhofaza qilish vositalarini chetlab o’tib, foydalana olish ob’ektlariga murojaat qilishga imkon beradigan dasturiy va texnik vositalarni yaratish;

  • Tarmoq xavfsizligini amalga oshirishga imkon beradigan muhofaza qilish vositalarini modifikasiyalashtirish (o’zgartirish);

  • telekommunikasiya tarmoqlari mavjud tuzilmasini va funksiyasini buzuvchi, tarmoq xavfsizligini amalga oshirishga imkon beradigan dasturiy va texnik mexanizmlarni telekommunikasiya tarmoqlari texnik vositalariga kiritish;

Asosiy tushuncha va atamalar
Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan, tabiiy yoki sun’iy xossali, tasodifiy va qasddan qilingan ta’sirlardan va xar qanday tashuvchilardan axborotning himoyalanganligiga aytiladi.
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining AXni ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qatiy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
Maxfiylik — aniq bir axborotga tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, ya’ni foydalanishda qonuniy xujjatlarga muvofiq cheklab qo’yilib, xujjatlashtirilganligi kafolati.

Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling