1-ma’ruza: tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning manosi reja


Download 72.5 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi72.5 Kb.
#1121478
  1   2   3

1-MA’RUZA: TARMOQ XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI VA UNING MANOSI


REJA



  1. Tarmoq xavfsizligi vazifalari

  2. Fanning asosiy tushunchalari va atamalari.



Kalit so`zlar: Telekommunikatsiya tarmoqlari, tarmoq xavfsizligi, xavfsizlikga tahdidlar, axborot xavfsizligi, axborot himoyasi, maxfiylik, konfidensiallik, yaxlitlik, autentifikasiya, appellyasiya qilishlik, ishonchlilik, aniqlilik, tizimga kirishni nazorat qilish, nazorat qilinishi, identifikasiyalashni nazorat qilish.

Telekommunikasiya tarmoqlarida dasturiy ta’minot, operasion tizim va ma’lumotlar bo’lishi mumkin, axborot ta’sirlari ularni zaif qilib qo’yadi va quyidagi sabablarga olib kelishi mumkin:



  • abonentlar axborotlarini qo’lga kiritilishi imkoniyati;

  • telekommunikasiya tarmoqlari alohida elementlarining yoki butun telekommunikasiya tarmoqlarini ishdan chiqish imkoniyati;

  • telekommunikasiya tarmoqlaridan ruxsat etilmagan foydalana olish (REFO) va ularni boshqarishdagi buzilish, butun tarmoqni blokirovkalash imkoniyati;

  • ma’lumotlar bazasini oldindan ataylab buzilishi imkoniyati;

  • abonentlar shaxsiy ma’lumotlarini va tarifikasiya ma’lumotlarini ko’chirish, o’zgartirish imkoniyati.

Telekommunikasiya tizimlarini muhofaza qilishda quyidagi yo’nalishlar ajratib ko’rsatiladi:

  • axborotlarni chiqib ketishi, texnik kanallarining yopilishi;

  • axborotlarni uzatish kanallarining yopilishi;

  • abonent va bog’lanish liniyalarida, raqamli telekommunikasiya tizimlarida, kommutasiya va boshqarish tizimlardagi axborotlarga, uni dasturiy ta’minot (DT)dan REFOni muhofaza qilishni ta’minlash;

  • texnik hujjatlashtirishda deklarasiyalanmagan DTni bo’lmasligi uchun tekshirilgan DTdan foydalanish.

Telekommunikasiya tarmog’ining asosiy elementi sifatida telekommunikasiya tizimlarining AXni ta’minlash masalasi muhim ahamiyatga ega, chunki xavfsizlikka tahdidlar oqibatlari quyidagilar hisoblanadi:

  • telekommunikasiya xizmatlariga ruxsat etilmagan ulanish, shuningdek, telekommunikasiya tarmoqlaridagi turli firibgarliklar;

  • telekommunikasiya tizimlari alohida elementlarining yoki butun telekommunikasiya tizimlarining ishdan chiqish imkoniyati;

  • telekommunikasiya tizimlarining ishlash samaradorligini kamayishi;

  • telekommunikasiya tizimlarining texnik vositalarida olib boriladigan abonentlarning axborotlarini chiqib ketishi;

  • telekommunikasiya tizimlarida uzatiladigan ma’lumotlar bazasi axborotlarining chiqib ketishi.

Telekommunikasiya tizimlarining Tarmoq Xavfsizligini ta’minlash masalalarini echishda tarmoqda vujudga kelish usullari va yo’llariga, ularning oqibatlariga bog’liq masalalarni ko’rib chiqishga katta e’tibor ajratiladi, buning uchun quyidagilar zarur:
- telekommunikasiya tarmoqlaridagi zaiflikni aniqlash;
-telekommunikasiya tarmoqlarining AXni ta’minlash masalalari va maqsadlarini, ularni echishning asosiy yo’llarini aniqlash;
-telekommunikasiya tarmoqlarining AXni ta’minlashga asosiy prinsiplar va yondashishlarni, shu jumladan asosiy tadbirlar, usullar va muhofaza qilish vositalarini tanlashni asoslash bilan ishlab chiqish;
-telekommunikasiya tarmoqlarining AXni ta’minlash bo’yicha taklif va tavsiyalarni, ularga qo’yiladigan umumiy talablarni hisobga olib ishlab chiqish.

Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling